Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK kreditlarini oʻz vaqtida toʻlashni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtirilgan xorijiy banklar kreditlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan kreditlarini oʻz vaqtida qaytarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli qarori 6-bandiga muvofiq 2012-yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga joriy toʻlovlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan valyuta tushumi qismi vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom toʻlab boʻlinadigan muddatga qadar ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga, istisno tariqasida:
tarkibiy boʻlinmalarning xorijiy valyutadagi boʻsh mablagʻlarini “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi joriy talab qilib olinadigan hisob raqamida jamlashga ruxsat berilsin;
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-sentabr,
253-son