Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining oʻquv-sport bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) oʻquv-sport bazasini yanada mustahkamlash, ilgʻor xalqaro tajriba va mamlakatimiz oliy taʼlimi hamda ilm-fan salohiyatini uygʻunlashtirish, iqtidorli yoshlarni Universitetning akademik hayotiga ularning taʼlim olishi va sport bilan shugʻullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali faol jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan quyidagilarni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti balansiga bepul foydalanish huquqi bilan, tasarruf etish huquqisiz oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
“Foton” OAJ va “Kvark” IICHK davlat unitar korxonalari balansidan — Toshkent shahri, Amir Temur shohkoʻchasi, 13-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tutash hududi bilan birgalikda;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansidan — Toshkent shahri, Movarounnahr koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar, shu jumladan Suv sporti saroyi va unga tutash hududlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan bir oy ichida Toshkent shahri, Amir Temur shohkoʻchasi, 13-manzilda joylashgan bino va inshootlarni, ularga tutash hududlar bilan birga, universitet balansiga oʻtkazilishi taʼminlansin.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent shahri, Movarounnahr koʻchasi, 7-manzilda joylashgan bino va inshootlarni, ularga tutash hududlar bilan birga, universitet balansiga oʻtkazilishi taʼminlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Universitet tomonidan universitet balansiga oʻtkazilayotgan bino va inshootlarning balansga qabul qilinishini, shuningdek, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi taʼminlansin.
6. 2012-yil 1-iyulgacha, istisno tariqasida, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini loyihalash jarayoni bilan bir vaqtda olib borishga ruxsat berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan 2012-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida, belgilangan tartibga muvofiq, universitet binolari va inshootlarini rekonstruksiya qilish ushbu dasturga kiritilsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripovga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-avgust,
236-son