Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.06.1992 yildagi PF-433-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-YIL 1 IYuLDAN NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI MUASSASALAR XODIMLARNING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol mollari va xizmatlariga narxlar oshib borayotgan sharoitda respublika aholisini ijtimoiy himoya qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘qituvchilar, tarbiyachilarning, o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari muallimlarining, professor-o‘qituvchilar tarkibining, shifokorlar, ilmiy xodimlarning ish haqi 1,8 baravar, budjet hisobidagi boshqa tashkilotlar va muassasalar xodimlarining ish haqi — 1,5 baravar oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ish haqini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning 25 foizi budjetdagi muassasalar va tashkilotlar smetalari bo‘yicha umumiy sarf-xarajatlarni qisqartirish hisobiga ta’minlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining, aspirantlarning, doktorantlarning stipendiyalari, kiyim-bosh va ovqat bilan ta’minlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlari hamda texnikumlar o‘quvchilarining stipendiyalari 1,5 baravar ko‘paytirilsin. Imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik qo‘shimcha to‘lovlarning avvalgi miqdorlari hamda talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4, 5, 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi PF-458-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 414-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aholi daromadlarining darajasini to‘g‘rilab olish maqsadida oyiga 5000 so‘mgacha bo‘lgan ish haqidan daromad solig‘i miqdorlarini kamaytirish zarur deb hisoblansin va oyiga 5000 so‘mdan oshadigan ish haqidan olinadigan daromad solig‘ining tegishli miqdorda oshirilishi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan, va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan daromad solig‘i olish to‘g‘risidagi qonunni o‘zgartirish haqida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va xo‘jaliklari mehnat unumdorligini o‘stirish va ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar)ining hajmlarini oshirish hisobiga ushbu Farmonda belgilangan minimumni e’tiborga olgan holda ishlovchilarining maoshi yanada oshirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bir oy muddat ichida amaldagi qonunlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-433-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 8-son, 303-modda; 1992-y., 10-son, 414-modda)