Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-sonli qarorini bajarish yuzasidan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarorining 4-ilovasi quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti”.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-avgust,
PQ-2033-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 478-modda)