Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 23.06.2000 yildagi PF-2644-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 23.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

ISH HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlar erkinlashtirilayotgan sharoitda respublika fuqarolarining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, aholi daromadlarining oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2000-yil 1-avgustdan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, oliy oʻquv yurtlari talabalarining, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,5 baravar oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2000-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam ish haqi — oyiga 2450 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshga qadar pensiya — 4675 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryad — oyiga 2450 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 4675 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 2835 soʻm miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimchalarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar 2000-yil 1-avgustdan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilot va muassasalar mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mansab maoshlarini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlar mehnatga haq toʻlash bazaviy fondining belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda tannarxni kamaytirish hisobidan 2000-yil 1-avgustdan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 19-iyuldagi PF-2339-son Farmoni 8-bandi istisno qilingan holda oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2644-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 182-modda; 2001-y., 6-son, 127-modda)