31.03.2011 yildagi 95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “UorliParsons Oʻzbekiston Injiniring” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida loyiha ishlari sifatini xalqaro standartlar darajasida oshirish hamda mamlakatimiz mutaxassislarini loyihalashtirish va loyihalarni boshqarishning ilgʻor xalqaro metodikalariga oʻqitish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” MXKning “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi bilan birgalikda “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti, “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi oʻrtasida ustav kapitali 200 ming AQSH dollari miqdoridagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda “UorliParsons Oʻzbekistoninjiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisida Bitim imzolanganligi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 445-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 09/20/445/1078-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagilar: ilgʻor texnologiyalarni va yetakchi xorijiy investorlarni jalb etish asosida Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy resurslari va xom ashyo bazasini chuqur qayta ishlashga qaratilgan yangi loyiha gʻoyalarini izlash va ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz, neft-kimyo, kimyo va energetika tarmoqlarida amalga oshiriladigan yirik yuqori texnologik loyihalar boʻyicha maqbul texnik yechimlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish uchun bir vaqtning oʻzida istiqbolli sheriklarni jalb etish masalalarini ishlab chiqqan holda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash loyihalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini texnik kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz mutaxassislarini loyihalashtirishning ilgʻor metodikalariga chet elda oʻqitish “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etiladigan “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi buyurtmanomalari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga va ularning oila aʼzolariga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Toshkent shahar, Mustaqillik shoh koʻchasi, 66-uyda joylashgan binosiga ijara huquqi bilan joylashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-son