Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.1997 05.05.1992 yildagi PF-398-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO VAZIRLIGINI O‘ZBEKISTON DAVLAT AKSIONERLIK “SAVDO” (“O‘ZBEKSAVDO”) UYuShMASIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 19-dekabrdagi PF-1897-son “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga savdo xizmatini tashkil qilishni tubdan yaxshilash, respublika iste’mol bozorini xalq iste’moli mollari bilan to‘ldirish, savdo sohasida bozor munosabatlarini keng joriy qilish, barcha mulkchilik shaklidagi savdo korxonalari bilan tashkilotlarning tashabbuskorligi va tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining Savdo vazirligi O‘zbekiston Davlat aksionerlik “Savdo” (“O‘zbeksavdo”) uyushmasiga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbeksavdo” yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan faoliyatini to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi boshqarish qoidalari asosida amalga oshiradigan, savdo sohasidagi davlat, ijara, jamoa, oilaviy, xususiy hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarni shartnoma asosida birlashtiradigan xo‘jalik uyushmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Viloyatlar savdo va umumiy ovqatlanish boshqarmalarining, Toshkent shahar hokimiyati savdo, umumiy ovqatlanish Bosh boshqarmalarining negizida hududiy savdo-ishlab chiqarish konsernlari tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, hududiy savdo-ishlab chiqarish konsernlari o‘z faoliyatida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisobot beradilar hamda “O‘zbeksavdo” uyushmasining muassislari huquqi bilan uning tarkibiga kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston davlat aksionerlik “Savdo” uyushmasi bir oy muddat ichida hududiy savdo-ishlab chiqarish konserni to‘g‘risidagi namunali nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq respublika davlat ulgurji savdo idoralari va ulgurji-chakana savdo birlashmalarini, viloyatlardagi ulgurji bazalarni, savdo boshqarmalarini, umumiy ovqatlanish trestlarini xamda boshqa katta savdo korxonalari va tashkilotlarini aksionerlik jamiyatlari va birlashmalariga aylantirish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston davlat aksionerlik “Savdo” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligining huquqiy vorisi deb hisoblansin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol bozoridagi holatning o‘zgarishlarini hisobga olib aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va uning istiqbolini aniqlash, bozor munosabatlariga doir tadqiqotlarni o‘tkazish, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatish va shu asosida aholi manfaatlarini himoya qilish hamda savdo xizmati darajasini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, savdo uylaridagi tijorat-vositachilik va chet el valyutasi bilan savdo qilinadigan do‘konlar tarmog‘ini barpo etishda, xalq iste’moli mollari ishlab chiqaradigan korxonalar bilan o‘zaro manfaatli bevosita xo‘jalik aloqalarini o‘rnatishda ko‘maklashishi, tovarlarning ulgurji savdosi bo‘yicha respublika va viloyatlar yarmarkalarini o‘tkazish, tovar birjalari bilan hamkorlikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo aksionerlik birlashmalari hamda jamiyatlarining hududiy savdo ishlab chiqarish konsernlarining, barcha mulkchilik shaklidagi boshqa savdo korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini, shuningdek savdo tarmoqlariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, jamiyatlar va konsernlar savdo sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqda yagona texnikaviy siyosatni o‘tkazish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tarmoqlarini qayta qurish hamda texnika bilan qayta qurollantirishga ko‘maklashish zamonaviy savdo texnologiya uskunalarini tovarlarni saqlash va sotishning ilg‘or texnologiyasini joriy etish, savdo tashkil qilish va savdo texnikasi sohasida Vatanimizdagi hamda chet ellardagi tajribani o‘rganish va ommalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida O‘zbekiston davlat aksionerlik “Savdo” uyushmasining faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-398-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 268-modda)