Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-may 223-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ–2778-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-may 223-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshisidagi “Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari” hamda qarorning 1-ilovasi 21-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-may,
190-son