Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.11.2011 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada ot sportining markaziy bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada ot sportini yanada ommalashtirish hamda Toshkent shahridagi markaziy ippodromni modernizatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi va Toshkent shahar hokimligining “Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati ippodrom kompleksini, uni 2012-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirgan holda rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi loyihalashtirish yuzasidan texnik topshiriqni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati ippodrom kompleksini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati — buyurtmachi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nomdor Dizayn Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyat — bosh loyihalashtirish tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Global Stroy Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat —– bosh pudrat tashkiloti etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini (ish loyihasini) bir bosqichli tartibda ishlab chiqishga, shuningdek obyektda qurilish-montaj ishlarini 2011-yil 20-dekabrgacha loyihalashtirish bilan bir paytda olib borishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2012-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga aksiyalarning qo‘shimcha emissiyasidan tushadigan mablag‘lar hisobiga kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning sifati ustidan nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313-son