Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani qabul qilish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. 2003-yil 28-noyabrdagi Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish hamda foydalanish boʻyicha Konvensiyaning (Xelsinki, 1992-yil 7-mart) 25 va 26-moddalariga tuzatishlar qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatib oʻtilgan tuzatishlarni qabul qilganligi toʻgʻrisida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatiga bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu tuzatishlar kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 3-noyabr,
PQ-1636-son