27.07.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2492
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining qarori, 27.07.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2492
Kuchga kirish sanasi
05.08.2013
Hujjat 19.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Birinchi guruhga sariyogʻ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2492]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birinchi guruhga sariyogʻ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais J. KADIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 7-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga sariyogʻ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻriqnoma

I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga sariyogʻ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar hamda birinchi guruh moddiy boyliklarni masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Sariyogʻni idishga joylash, tamgʻalash va transportda joʻnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sariyogʻning sifati O`z DSt 2771 “Sigir sariyogʻi” talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Import qilinadigan sariyogʻ sifati xalqaro normativ hujjatlar va O`z DSt 2771 “Sigir sariyogʻi” talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sariyogʻ nomlari boʻyicha quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anʼanaviy shirin-qaymoqli, shoʻr emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirin-qaymoqli, shoʻr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nordon-qaymoqli, shoʻr emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nordon-qaymoqli, shoʻr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“lyubitelskiy” shirin-qaymoqli, shoʻr emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“lyubitelskiy” shirin-qaymoqli, shoʻr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“lyubitelskiy” nordon-qaymoqli, shoʻr emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“lyubitelskiy” nordon-qaymoqli, shoʻr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“krestyanskiy” shirin-qaymoqli, shoʻr emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“krestyanskiy” shirin-qaymoqli, shoʻr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qizdirib eritilgan sariyogʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sariyogʻ butun zich monolit holda karton yoki taxta qutilarga normativ hujjat talablariga muvofiq joylanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻ joylashtirilishidan oldin qutilarning tagiga pergament yoki alyuminli keshirlangan zar qogʻoz, polimer plyonka yoki normativ hujjatlarga muvofiq boshqa materiallar toʻshaladi. Monolit sariyogʻ oʻralgan material mahsulotni har tomondan bekitishi shart. Sariyogʻ solingan karton quti qopqoqlarining uchlari qogʻoz yelim lenta bilan yoki yopishqoq qatlamli polietilen lenta bilan yopishtirilishi lozim. Yogʻoch qutilar foydalanish uchun mustahkam boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport tamgʻasida “Quyosh nurlaridan saqlansin!”, “Haroratni cheklash” degan ogohlantiruvchi belgilarning boʻlishi va haroratning maksimal va minimal qiymatlari koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Transport idishining bir yonboshiga normativ hujjat talablariga muvofiq bosma usulda, trafaret yordamida, yorliqlarni yopishtirish usulida, shuningdek yuvilib ketmaydigan va oʻchmaydigan boʻyoq bilan, quyidagi maʼlumotlar yoziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi, manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgisi (mavjud boʻlsa);

mahsulot turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sariyogʻning massaviy ulushi;

isteʼmol idishidagi mahsulotning netto massasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik belgisi;

saqlash sharoiti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqlilik muddati (sana, oy, yil);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ hujjat belgisi;

mahsulot ichki bozorda sotilganda — “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan”, eksportga chiqarilganda — “Made in Uzbekistan” yozuvlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Isteʼmolchilar uchun moʻljallangan qadoqlarning ustiga bosma usulda, ofset muhr bilan, tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq yuvilib ketmaydigan boʻyoq bilan quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan tamgʻa bosilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi, pochta manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar belgisi (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sariyogʻning massaviy ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
massasi gr ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 gr mahsulotning ozuqaviy va energetik qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash sharoitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan sana (kun, oy, yil);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqlilik muddati (kun, oy, yil);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ hujjat belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxat raqamini koʻrsatgan holda shtrix-kod;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ichki bozorda sotilganda — “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan”, eksportga chiqarilganda — “Made in Uzbekistan” yozuvlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sariyogʻ barcha turdagi yopiq transport vositalarida tez buziladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sariyogʻ tashiladigan transport vositasiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik sozlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfeksiya qilinganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tozalik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfektant hidi qolmagan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur haroratni taʼminlab turishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqaddam tashilgan yuk hidi boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport yuk xatida ortilgan sariyogʻ ogʻirligi quyidagilarga qarab alohida koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrin soni boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilgan idish turi boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vagon va avtomobil transportidagi sariyogʻ partiyasi bir xil navli va bir kunda ishlab chiqarilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida bitta vagon va avtomobil transportiga ikki turdagi sariyogʻ yuklashga yoʻl qoʻyiladi, buning uchun albatta ularni ajratish va orasiga ularni ajratib turadigan material qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har xil turdagi, har xil navli va turli vaqtda ishlab chiqarilgan sariyogʻni ajratmasdan birga ortish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sariyogʻ partiyasi uning sifatini tasdiqlaydigan hujjatlari toʻliq boʻlmagan holda yetkazib berilganda, yetkazib beruvchidan tegishli hujjatlar olingunga qadar alohida kameraga taxlanib, vaqtincha saqlash uchun rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Sariyogʻ yetkazib berish va qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sariyogʻni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilish shartnoma asosida, qonunchilik hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sariyogʻ yetkazib berilganda, yetkazib beruvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosasi yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2017-yil 15-noyabrdagi 33-sonli (roʻyxat raqami 2492-1, 06.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2492-1/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat zaxirasiga uzoq muddat saqlash uchun ishlab chiqarish muddati 3 oydan oshmagan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, shuningdek normativ hujjatlarning sifat, idish va oʻramlari boʻyicha talablariga toʻliq javob beradigan import qilinadigan quyidagi sariyogʻ navlari yetkazib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy nav shirin qaymoqli va nordon qaymoqli tuzlanmagan sariyogʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy nav tuzlanmagan shirin qaymoqli va nordon qaymoqli “lyubitelskiy” sariyogʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy nav tuzlanmagan shirin qaymoqli va nordon qaymoqli (plazma kislota miqdori 23° T dan oshmagan) “krestyanskiy” sariyogʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Saqlash uchun taʼmi va hidi boʻyicha ball bahosi 20 balldan kam boʻlmagan shirin qaymoqli tuzlanmagan sariyogʻ qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilinayotganda sariyogʻ monoliti (20 — 25 kg.) ichidagi harorat minus 6 °C dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yuk ortish va tushirish hamda ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, shuningdek ogʻir qoʻl mehnatiga chek qoʻyish maqsadida sariyogʻ transport paketlarida yetkazib berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport paketlari mexanizatsiyalashtirilgan tarzda ortish va tushirish imkoniyatlarini, transportda joʻnatish va saqlashda yukning bus-butun saqlanishi lozimligini inobatga olgan holda tuzilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport paketlari normativ hujjatlar talablari va tegishli transport turlari uchun yuk tashish qoidalariga qatʼiy mos kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻ solingan transport paketlari yetkazib beruvchi tashkilot vositalari bilan shakllantiriladi. Sariyogʻ solingan transport paketi ogʻirligi bir tonnadan oshmasligi lozim. Sariyogʻni tagliklarsiz yetkazib berishga shartnoma asosida yukni tashish vaqtida uning but saqlanishi sharti bilan ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir transport paketi bir xil tur va navli, bir quyishda tayyorlangan sariyogʻ solingan qutilardan tashkil topishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har bir quyishga bitta nazorat qutisi shakllantiriladi, bu qutiga qizil boʻyoq bilan “N” harfi yoziladi. Qabul qilish, saqlash va berib yuborishda sariyogʻ sifatini tekshirish uchun yetkazib beruvchi tashkilotlar nazorat qutilaridan nazorat paketlarini tayyorlaydi, ushbu paketlarga yuvilib ketmaydigan qizil boʻyoq bilan “N” harfi yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻ tekis standart taxta taglik ustida paketlarga taxlanadi. Transport paketidagi qutilar trafareti tashqariga qilib taxlanadi. Har bir transport paketi metall lenta bilan bogʻlanib, tugilishi va transport tamgʻasiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qabul qilish, saqlash va berib yuborishda sariyogʻ sifatini tekshirish uchun turli joydan tanlab namuna olinadi va tekshiruv natijalari boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq sariyogʻ sifati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sariyogʻ partiyalab qabul qilib olinadi. Sariyogʻ partiyasi — bu nomlanishi bir xil, bir idishga joylangan, bir xil fizikaviy-kimyoviy va organoleptik koʻrsatkichlarga ega, bitta tashkilotda va texnologik jihozda, bir texnologik sikl davomida yagona ishlab chiqarish tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan, nazorat qilishga moʻljallangan mahsulot birligi yigʻindisi. Bir sariyogʻ partiyasiga bitta yuk xati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sariyogʻ partiyasi temir yoʻl transportida yetkazib berilganda moddiy javobgar shaxslar temir yoʻl tashkiloti vakili ishtirokida quyidagilarni tekshirishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vagonlarning texnik sozligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buragichlarning holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plombalarning borligi va ulardagi izning aniqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vagon raqamlarining ilova qilingan hujjatlardagi raqamlarga toʻgʻri kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportda tashishda harorat rejimiga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vagonning masofani bosib oʻtish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Plombalar olinib, transport vositasi ochilgandan soʻng yukning qay holatdaligi, tashqi holatiga qarab va sariyogʻning haroratini oʻlchash orqali uning muzlatilganlik darajasi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻ haroratini oʻlchash uchun har bir partiyadan transport idishining 5 foiz birligi ajratib olinadi. Partiyada 20 birlikdan kam transport idishi boʻlsa, bittasi ajratib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻ monoliti ichidagi haroratni oʻlchash uchun 6-8 sm. ichkaridan namuna olinadi. Sariyogʻ paketlangan holda keltirilgan taqdirda harorat nazorat paketlaridan olingan qutilarda oʻlchanadi. Qabul qilish dalolatnomasiga haroratning oʻrtacha arifmetik qiymati yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tekshiruv jarayonida aniqlangan kamchiliklar, shu jumladan, vagon va transport yukxonalarining texnik nosozligi, plombalarning buzilganligi yoki yoʻqligi, ulardagi izlarning noaniqligi, yuk tashish boʻyicha harorat va sanitariya rejimi hamda vagonlarning belgilangan masofani bosib oʻtishi buzilganligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk kamomadi aniqlangan hollarda tijorat dalolatnomasining va qabul qilish dalolatnomasining “Alohida belgilar” ustunida plombalardagi nazorat belgilari koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Zarar koʻrmagan standart idishdagi, yozuvlari aniq boʻlgan tamgʻaga ega sariyogʻ oʻrinlar sonini sanash va ogʻirligini trafaret boʻyicha aniqlash yoʻli bilan qabul qilinadi va berib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Paketlangan holda yetkazib berilgan sariyogʻ zarar koʻrgan taglikda yoki idishlari buzilgan holda yetkazib berilgan taqdirda, oʻrinlar sonini toʻliq sanash orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Belgilangan normadan ortiq kamomad yuzasidan oluvchining talabiga koʻra dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qabul qilib olishda sariyogʻning sifat koʻrsatkichlari yetkazib beruvchining hujjatlarida koʻrsatilgan idish, tamgʻalash, transportda tashish talablariga mosligiga alohida eʼtibor berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sariyogʻ belgilangan talablarga javob berishiga, transport idishidagi trafaretlar toʻgʻri va aniq yozilganiga, paketlar, tagliklar holatiga eʼtibor berish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qabul qilish paytida yaroqsizga chiqarilgan sariyogʻ tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda zudlik bilan yetkazib beruvchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda muzlatgichda boʻsh joy boʻlsa, yaroqsizga chiqarilgan sariyogʻ yetkazib beruvchi tomonidan shartnomaga muvofiq uzoq muddat saqlashga yaroqli sariyogʻ bilan almashtirish sharti bilan vaqtincha masʼul saqlashga qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mahsulotni saqlash va almashtirish boʻyicha xarajatlar yetkazib beruvchi tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Sariyogʻga sovutib ishlov berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Harorati minus 6 °C va undan past boʻlgan sariyogʻ kelib tushganda, mahsulot saqlash kamerasiga yuboriladi va u yerda sariyogʻ zich qilib taxlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harorati minus 6 °C dan baland harorat bilan kelib tushgan sariyogʻga muzlatish kamerasida sovutish yoʻli bilan ishlov beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sovutish yoʻli bilan ishlov berish uchun sariyogʻ quyidagi tartibda taxlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻlda taxlanganda shaxmat tartibida tekis qilib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanizatsiyalashtirilgan usulda taxlanganda tagliklarda yuk paketlari, sovuq havo har bir paketga yoki paketlarning vertikal qatoriga yetib borishi taʼminlanadigan qilib taxlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yuk paketlarining vertikal qatorlari balandligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sariyogʻ harorati 5 °C dan past boʻlganda — 3 qatordan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sariyogʻ harorati 5 °C dan 8 °C gacha boʻlganda — 2 qatordan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sariyogʻ harorati 8 °C va undan baland boʻlganda — 1 qatordan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Monolitning 6 — 8 sm. ichkarisida mahsulot harorati minus 12 °C dan baland boʻlmasligiga erishilganda, sariyogʻga sovutib ishlov berish jarayoni tugatilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk paketlaridagi sariyogʻga sovutish yoʻli bilan ishlov berilganda yuk paketining tepa qatoridagi monolit harorati oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Haroratni oʻlchash uchun sovutib ishlov berishga berilgan sariyogʻ partiyasidan 3 tagacha quti ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxmat tartibida tekis taxlangan monolit sariyogʻga muzlatish kamerasida sovutib ishlov berish davomiyligi mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Muzlatish kamerasida sariyogʻga sovutib ishlov berishni qayd etish kitobi mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Muzlatgichlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Saqlash kameralari eng maqbul harorat va namlik darajasiga ega boʻlishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash boʻyicha tegishli sanitariya normalariga rioya etish taʼminlanadigan tuzilishga ega boʻlishi lozim. Saqlash kameralarining tuzilishi qurilish normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzlatgichlarga tutashgan hudud doimiy tarzda muzlatgichlar uchun sanitariya qoidalari talablariga muvofiq lozim darajadagi sanitariya-texnik holatda ushlab turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Saqlash kameralariga mahsulotlarni joylashtirish oldidan vestibyullar, platformalar va boshqa xonalar, asbob-uskuna va jihozlar texnik soz holda boʻlishi va ulardan sanitariya norma va qoidalari talablariga muvofiq foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Texnologik xaritaga muvofiq saqlash kameralari transport vositalari, asbob-uskuna va inventar, tarozi va texnologik jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi, eshiklar va lift tirqishlariga brezent parda tortilgan boʻlishi lozim. Ifloslangan yoki mogʻor bosgan taglik, brus va reykalar tozalanishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Saqlash kameralari va vestibyullar oziq-ovqat mahsulotlaridan boʻshatilgandan soʻng dezinfeksii qilinishi lozim, zarur boʻlganda pol yuvilishi, devorlar oqlanishi kerak. Dezinfeksiya tugatilgandan soʻng xonadagi havoning mikrobiologik zaharlanganligi tekshiriladi. Kemiruvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kameralarda muntazam ravishda deratizatsiya tadbirlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda tayyorgarlik ishlari oʻtkazilib, dezinfeksiya qilingandan soʻng saqlash kameralari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilib olinadi va saqlash kameralarning tayyorligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Saqlash kameralarning yuk ortish va tushirish ishlarida band boʻlgan asosiy va yordamchi xodimlari belgilangan norma va qoidalarga muvofiq sanitar va maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Barcha saqlash kameralariga mashina boʻlimidagi markaziy boshqaruvdan turib haroratni oʻlchash uchun datchik oʻrnatilishi lozim. Shuningdek, saqlash kameralarida shtabellar orasida 1,5 metr balandlikdagi moslamaga yoki yuk eshigi ortidagi maydonchaga oʻrnatilgan bitta termometr va bitta havo namligini oʻlchash asbobi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Harorat va namlik oʻlchovchi asboblar, ularni bemalol olib qoʻyish mumkin boʻladigan qilib oʻrnatilishi kerak va yuk ortish-tushirish ishlari paytida bexos ziyon yetishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Shisha termometrlar taxta yoki metall qobiqda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Elektr qurilmalardan foydalanish Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda), (Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Yoritqichlar oʻtish joylarida va devor boʻylab oʻrnatilishi hamda saqlash kameralarining yuk saqlash hajmini kamaytirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ship tekis boʻlganda yoritqich va shtabel oraligʻi 0,3 m dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shisha parchalari oziq-ovqat mahsulotlari ustiga tushmasligi uchun yoritish asboblari himoya qobigʻiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tarozilar normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etgan holda oʻz vaqtida tekshirilishi va plombalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Saqlash va muzlatish kameralari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jihozlanganlik tabelida koʻzda tutilgan zarur inventar va asbob-uskunalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlashda harorat-namlik rejimini nazorat qilish uchun oʻlchov asboblari (termometrlar, termograflar, gigrograflar va psixrometrlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya va qoʻriqlash signalizatsiyasi, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, shuningdek avtomatik ravishda yongʻindan xabar berish qurilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Sariyogʻni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Saqlash jarayonida sariyogʻni yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan manbalardan, ularning quvvati va taʼsir qilishi davomiyligidan qatʼi nazar, himoya qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yongʻin oʻchirish vositalari doimo soz holatda boʻlishi va foydalanishga shay turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Saqlash kameralari tegishli asbob-uskunalar va xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi plakat, yozuvlar, koʻrsatkichlar, yonib turadigan va ovozli signallar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yuk tashish uchun moʻljallangan barcha uskunalar ularni yuk koʻtarish quvvati, ishga yaroqliligi tekshirilgan sana va yoʻl qoʻyiladigan yukni taxlash usuli koʻrsatilgan trafaretga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Sariyogʻ saqlash kameralari hajmidan oqilona foydalanish, saqlash hamda qabul qilib olish, berib yuborish va mahsulot sifatini nazorat qilish uchun eng maqbul sharoit yaratishni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan texnologik xaritaga asosan taxlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻning har bir partiyasi alohida shtabelga taxlanadi va shtabel yorligʻi rasmiylashtiriladi. Mazkur yorliqqa mahsulotning amalda joylashish chizmasi biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot shtabeldan qisman berib yuborilgan taqdirda, ishlar amalga oshirilgan kun shtabel yorligʻiga tegishli oʻzgartirishlar (hujjat raqami, mahsulot berib yuborilgan sana, uning miqdori va qoldigʻi) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Sariyogʻ partiyalari vagon yoki avtomobil transportiga zich qilib taxlanadi. Sariyogʻ paketlanmasdan keltirilgan taqdirda, tushirib olishda paketlarga taxlanadi. Bunda qutilar trafareti tashqariga qilib taxlanadi. Taxlamlar balandligi idishning mustahkamligi va shtabelga yuk ortish normalarini inobatga olgan holda kameraning yuk qabul qilish hajmidan imkon qadar foydalanish shartlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Sariyogʻ transport paketlarida keltirilgan taqdirda, uni kamerada saqlash hajmi shtabellarning mustahkamligidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mahsulot, muzlatgich pasportiga muvofiq toʻrtta ustun oraligʻidagi polning 1 m2 maydoniga tushadigan foydali loyiha yukidan oshmaydigan qilib taxlanishi lozim. Shtabelga tushadigan yuk ogʻirligi normasi buzilsa va paketlarni balandligi boʻyicha bir xil miqdorda markazga taxlash imkoni boʻlmasa, uning vertikal qatorlari bir paketga kam taxlanadi. Bitta paketga kam taxlangan vertikal qatorlar soni hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Muzlatgichda saqlanayotgan sariyogʻ sifati ustidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq puxta nazorat oʻrnatilishi lozim. Sariyogʻni oʻziga xos hidga ega mahsulotlar bilan birga saqlash taqiqlanadi. Saqlash kameralarini bir kub metr yuk hajmini toʻldirish normalari va shartli yukka qayta hisoblash koeffitsiyentlari mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Sariyogʻ saqlashga moʻljallangan saqlash kameralarida harorat minus 25° C darajada saqlanishi lozim, pasportida minus 18° C va minus 20° C harorat koʻrsatilgan saqlash kameralari bundan mustasno. Muzlatilgan sariyogʻ saqlanayotganda saqlash kameralardagi havoning nisbiy namligi 85 — 90 foizni tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Saqlash kameralarida sariyogʻ shtabellari quyidagi chekinish bilan taxlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovutish uskunalari boʻlmagan devorlardan, shuningdek devor oldidagi sovutish uskunalaridan 0,3 m dan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovutish uskunalari oʻrnatilmagan shipdan 0,2 m dan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shipga oʻrnatilgan sovutish uskunalaridan 0,3 m dan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo uzatgichning tashqi sathidan 0,3 m dan keyin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Yukni devorlar yonida joylashtirish kolonna, devor perimetri boʻylab ingichka reyka (taxtacha) yoki taxta oʻrnatish (vertikal tarzda) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Sariyogʻ saqlanayotgan saqlash va muzlatish kameralarida mexanizmlar ishlashi uchun eni 1,6 m yoʻlaklar qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Saqlash jarayonida mahsulot taxlangan xonalarda havo harorati faqat qisqa vaqt davomida (bir sutkadan oshmasligi kerak) va faqat belgilangan harorat darajasidan bir gradus atrofida oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzlatgichlarda belgilangan saqlash haroratini ushlab turish va avtomatik havo harorati nazoratini taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Sifat buzilishi alomatlari paydo boʻlishi bilan sariyogʻ belgilangan yaroqlilik muddatidan qatʼi nazar, zudlik bilan almashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Havoning nisbiy namligi 85 foizdan yuqori boʻlmaganda, sariyogʻni saqlash muddati harorat minus 18 °C boʻlganda — 15 oy, harorat minus 25 °C boʻlganda — 24 oyni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Sariyogʻni yuklash va joʻnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Sariyogʻni yuklash va joʻnatish Qoʻmita tomonidan beriladigan naryadlar asosida birinchi navbatda sifat holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻni saqlashni amalga oshirayotgan tashkilotlar mazkur mahsulotlarning sifat va son jihatidan saqlanishini taʼminlashlari zarur, mahsulotlar berib yuborilayotgan vaqtda, ular saqlashga qabul qilingan navga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariyogʻni yuklash va joʻnatish, saqlash muddati tugashidan kamida 2-3 oy oldin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Sariyogʻ sifatining yomonlashishi alomatlari paydo boʻlganda shartnomaga muvofiq sariyogʻ shu turdagi yaroqli sariyogʻ bilan almashtiriladi. Sariyogʻni berib yuborishdan oldin uning sifat koʻrsatkichlari normativ hujjatlar talablari asosida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga sariyogʻ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

Shaxmat tartibida tekis taxlangan monolit sariyogʻga muzlatish kamerasida sovutib ishlov berish davomiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kamerada havo harorati minus 18º C boʻlganda

Sariyogʻning dastlabki harorati, °C

Sariyogʻni monolitning 6 — 8 sm ichkarisida maʼlum haroratgacha sovutib ishlov berish davomiyligi, soat

Yalpi namlik ulushi 16 va 20 foiz boʻlgan sariyogʻ

minus 12° C

minus 15° C

10

51

80

5

36

65

0

26

55

minus 5

20

49

Yalpi namlik ulushi 25 foiz boʻlgan sariyogʻ

0

30

59

Kamerada havo harorati minus 25 °C boʻlganda

Yalpi namlik ulushi 16 va 20 foiz boʻlgan sariyogʻ

minus 12° C

minus 15° C

minus 18° C

10

48

57

67

5

33

42

50

0

23

32

40

minus 5

14

23

31

Yalpi namlik ulushi 25 foiz boʻlgan sariyogʻ

0

26

35

43

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Yuk paketlariga taxlangan monolit sariyogʻga sovutib ishlov berish davomiyligi yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan ishlov berish davomiyligidan ikki baravar koʻp.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga sariyogʻ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

Muzlatish kamerasida sariyogʻga sovutib ishlov berishni qayd etish kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kamera raqami

Mahsulot nomi

Ortilgan, tonna

Ortish

(kun, vaqt)

Mahsulotning boshlangʻich harorati, °C

Muzlatish kamerasida havo harorati, °C

Sovutib ishlov berish tugatilgandan keyin mahsulot harorati, °C

Tushirib olish (kun, vaqt)

Sovutib ishlov berish, vaqt

Eslatma

boshlanish vaqti

tugash vaqti

ortishdan oldin

ortishdan keyin

Sovutib ishlov berish jarayonida (belgilangan sutka va soatda)

tushirib olishdan oldin

boshlanish vaqti

tugash vaqti

I sutka

II sutka

III sutka

IV sutka

8

16

8

16

8

16

8

16

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

Muzlatgich boshligʻi ____________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhga sariyogʻ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlash kameralarini bir kub metr yuk hajmini toʻldirish normalari va shartli yukka qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuk nomi

Toʻldirish normalari t/m3

Shartli yukka qayta
hisoblash koeffitsiyenti

Transport paketlaridagi sariyogʻ

0,51

0,69

Paketlanmagan holda kelib tushgan sariyogʻ:

yogʻoch qutilarda

0,63

0,56

karton qutilarda

0,70

0,50

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

1. Oʻramdagi mahsulotlar uchun brutto ogʻirlik, oʻramsiz mahsulotlar uchun — netto ogʻirlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1 m² maydonga yuklanish muzlatgich pasportida koʻrsatilgan foydali yuklanishidan oshmasligi lozim.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 411-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2492-1/0375-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 03.07.2026-y., 10/26/2492-2/0691-son)