Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻini darajasida va tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalarida sifatli tibbiy xizmatlar olishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-sentabrdagi PQ–1614-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasi (keyingi oʻrinlarda Loyiha deb ataladi) amalga oshirilayotganligi;
2013-yil 7-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi Loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oladigan, qaytarish muddati 25 yil boʻlgan qarz olishning maxsus huquqli 60,6 mln miqdoridagi kreditini berishni maʼqullaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 29-maydagi PQ-2182-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi qoʻshimcha moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim asosida beriladi;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar hamda kredit boʻyicha foiz va vositachilik toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 29-maydagi PQ-2182-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan qoʻshimcha moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi qoʻshimcha moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Loyihaning tuzatilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va moliyalashtirish rejasini belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish va kiritishni taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 17-iyul,
203-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 374-modda)