10.07.2013 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-son qaroriga muvofiq “ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻini yanada takomillashtirish, uning sifatini oshirish hamda umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmogʻidan foydalanishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va mamlakatning boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarini “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash boʻyicha operator etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning tuzilgan shartnomalarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar boʻyicha “ZiyoNET” tarmogʻining axborot resurslaridan belgilangan tartibda uzluksiz foydalanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarga ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha “ZiyoNET” tarmogʻiga kirishi uchun bazaviy kafolatlangan xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarini telefonlashtirish va “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash boʻyicha jadvalni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlasin, unga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining ilmiy-taʼlim resurslari, saytlari hamda Internet tarmogʻi milliy segmenti saytlarini kiritishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telefonlashtirish va “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash jadvaliga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalar bilan “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallari oʻrtasida shartnomalar tuzish tashkil etilishini, shuningdek tuzilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy tarmoqlarni tashkil etish yoʻli bilan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmogʻi resurslaridan keng foydalanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ZiyoNET” axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.M. Mirzohidov zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 198-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmogʻiga kirishi uchun bazaviy kafolatlangan xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xDSL texnologiyasi boʻyicha kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Paket

“ZiyoNET”

tarmogʻiga kirish

tezligi

“ZiyoNET” tarmogʻidan

foydalanish uchun

trafikning

belgilangan

limiti

Internet

tarmogʻiga kirish

tezligi

Internet tarmogʻidan

foydalanish uchun

trafikning

belgilangan limiti

(bir oyga)

ZiyoNET-1

512 Kbit/sek

Limitsiz

128 Kbit/sek

700 MB

ZiyoNET-2

1 Mbit/sek

Limitsiz

256 Kbit/sek

1 000 MB

ZiyoNET-3

1 Mbit/sek

Limitsiz

512 Kbit/sek

1 200 MB

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir oyda Internet tarmogʻidan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti tamom boʻlgandan keyin “ZiyoNET” tarmogʻiga kirish uzib qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ulanish texnik imkoniyat mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FTTx texnologiyasi boʻyicha kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Paket

“ZiyoNET”

tarmogʻiga kirish

tezligi

“ZiyoNET” tarmogʻidan

foydalanish uchun trafikning

belgilangan

limiti

Internet

tarmogʻiga kirish

tezligi

Internet tarmogʻidan

foydalanish uchun

trafikning

belgilangan limiti

(bir oyga)

ZiyoNET fast-1

1 Mbit/sek

Limitsiz

512 Kbit/sek

2 800 MB

ZiyoNET fast-2

1 Mbit/sek

Limitsiz

1 Megabit/sekund

5 000 MB

ZiyoNET fast-3

2 Mbit/sek

Limitsiz

2 Megabit/sekund

Limitsiz

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir oyda Internet tarmogʻidan foydalanish uchun trafikning belgilangan limiti tamom boʻlgandan keyin “ZiyoNET” tarmogʻiga kirish uzib qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ulanish texnik imkoniyat mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CDMA-450ning simsiz texnologiyasi boʻyicha kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Paket

“ZiyoNET”

tarmogʻiga

kirish tezligi

“ZiyoNET” tarmogʻidan

foydalanish uchun

trafikning

belgilangan limiti

Internet tarmogʻidan

foydalanish uchun

trafikning

belgilangan limiti

(bir oyga)

Telefoniya

(bir oyga)

ZiyoNET

CDMA-1

128 Kbit/sek

Limitsiz

500 MB

bepul kiruvchi

chiquvchi qoʻngʻiroqlar

uchun 500 minut

ZiyoNET

CDMA-2

128 Kbit/sek

Limitsiz

1 000 MB

bepul kiruvchi

chiquvchi qoʻngʻiroqlar

uchun 1 000 minut

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: CDMA-450 texnologiyasi viloyatlarning olis tumanlarida joylashgan hamda xDSL va FTTx orqali ulanish uchun texnik imkoniyatlarga ega boʻlmagan taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 362-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)