Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020 28.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2475
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 28.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2475
Kuchga kirish sanasi
01.07.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020
Hujjat 01.07.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2475]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 2-iyundagi 2020-21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3248, 18.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi PQ–1910-son “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 44-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 27-maydagi 2013-26-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi PQ–1910-son “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 44-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq, chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nazorat xaridi chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob-kitoblarga, shu jumladan naqd chet el valyutasidagi hisob-kitoblarga doir huquqbuzarliklarni soliq tekshiruvlari davomida aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob-kitoblarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan maʼlumotlar uch kun ichida tegishli davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Nazorat xaridini oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari oʻrganib chiqish natijalariga muvofiq, qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish uchun ruxsat berishni soʻrab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy komissiyalariga tekshirish oʻtkazish asoslarini koʻrsatgan holda buyurtma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy komissiyalari tomonidan qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruxsat berilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining tekshirish oʻtkazish uchun masʼul xodimlari nazorat xaridini oʻtkazish uchun milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlarini tegishli davlat soliq xizmati organi kassasidan, chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlarini esa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki hududiy davlat soliq boshqarmalari kassasidan oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlarini berishda ularning qiymati, chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlarini berishda esa, ularning qiymati, banknotlarning seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Bunda pul mablagʻlarining qiymati, seriyasi va raqamlari yozilgan varaqcha nusxasi tegishli davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nazorat xaridi oʻtkazilib, toʻliq hisob-kitob qilingandan soʻng, davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari tomonidan oʻz xizmat guvohnomalari va tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma koʻrsatilgan holda qisqa muddatli tekshirish eʼlon qilinadi. Qisqa muddatli tekshirish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxalari tekshirish tugallangunga qadar tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga tilxat olib topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻtkazilgan nazorat xaridi natijasi boʻyicha uch nusxada mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda Nazorat xaridini oʻtkazish bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nazorat xaridini oʻtkazish bayonnomasi nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar va tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tomonidan imzolanadi. Tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs Nazorat xaridini oʻtkazish bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortgan hollarda bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilib, nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini Nazorat xaridini oʻtkazish bayonnomasida koʻrsatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat xaridini oʻtkazish bayonnomasining bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qoʻydirgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs Nazorat xaridini oʻtkazish bayonnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda, tegishli davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari tomonidan bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritilib, bayonnoma nusxasi tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u joʻnatilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtganidan soʻng topshirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan nazorat xaridini oʻtkazishda va uning natijalarini rasmiylashtirishda tekshiruv natijasidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nazorat xaridi oʻtkazilib, oʻzaro hisob-kitoblar yakunlangach, nazorat xaridini oʻtkazishda foydalanilgan pul mablagʻlari tekshirilgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tomonidan davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlariga, xarid qilingan tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning natijalari (nazorat xaridi predmetlari) esa, davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga qaytarib berilishi shart, qaytarib berish imkoni boʻlmagan hamda qonun hujjatlariga muvofiq olib qoʻyilishi lozim boʻlgan nazorat xaridi predmetlari bundan mustasno. Bunda olib qoʻyilgan huquqbuzarlik predmetlari boʻyicha alohida bayonnoma tuziladi hamda mazkur bayonnoma nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar va tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan davlat soliq xizmati organi masʼul xodimlarining asoslantirilgan qarori asosida olib qoʻyilishi mumkin. Soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan predmetlarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi. Soliq tekshiruviga taalluqli boʻlmagan predmetlarni olib qoʻyish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish boshlanguniga qadar olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari hujjatlari va predmetlari olib qoʻyilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qoʻyish choralarini koʻradi. Hujjatlarni va predmetlarni olib qoʻyish tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qoʻyish xolislar hamda tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qoʻyilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib qoʻyishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga koʻrsatiladi. Hujjatlar asl nusxa yoki soliq toʻlovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan koʻchirma nusxalar koʻrinishida olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Soliq toʻlovchi hujjatlari koʻchirma nusxalarining olib qoʻyilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli boʻlmagan hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar boʻlgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxasini olib qoʻyishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari olib qoʻyilayotganda ulardan koʻchirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari tomonidan imzolanadi va kimdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga beriladi. Hujjatlarni olib qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida ulardan koʻchirma nusxa tayyorlash yoki tayyorlangan koʻchirma nusxalarni berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qoʻyilgan shaxsga olib qoʻyilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq toʻlovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hujjatlarning koʻchirma nusxalari olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 100-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni boʻlganda esa predmetlarning qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtilishi va tavsiflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qoʻyilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u joʻnatilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtganidan soʻng topshirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Soliq tekshiruvi natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 101-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va Nazorat xaridini oʻtkazish bayonnomasi mazkur dalolatnomaga ilova qilinadi. Soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarlik faktlari boʻyicha materiallar davlat soliq xizmati organlarining tegishli boʻlimlariga yoki ushbu boʻlimlar orqali huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Nazorat xaridini oʻtkazishda foydalanish uchun naqd pul mablagʻlari ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nazorat xaridini oʻtkazishda foydalanish uchun milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat soliq xizmati organi tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, hududiy gʻaznachilik boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari) Davlat budjetining gʻazna ijrosi qoidalarida (roʻyxat raqami 2007, 2009-yil 16-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 422-modda) nazarda tutilgan tartibda toʻlov hujjatlarini ilova qilgan holda milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlarini olish uchun soʻrovnoma taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Naqd chet el valyutalari xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki uning tegishli hududiy boshqarmasi buyurtmasiga asosan, ularning chet el valyutasidagi bank hisobvaragʻida mavjud boʻlgan chet el valyutasining qoldiq summasi doirasida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Buyurtmada koʻrsatilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan bir ish kuni ichida tegishli davlat soliq xizmati organining moddiy javobgar shaxsiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish uchun olingan milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari tegishli davlat soliq xizmati organi kassalarida, chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy davlat soliq boshqarmalari kassalarida Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarida (roʻyxat raqami 565, 1998-yil 17-dekabr) belgilangan tartibda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, roʻyxatga olingandan soʻng, nazorat xaridini oʻtkazishda foydalanish uchun olingan naqd pul mablagʻlari bir ish kuni ichida tegishli davlat soliq xizmati organi kassasiga toʻliq topshiriladi. Pul mablagʻlarining qiymati, seriyasi va raqamlari yozilgan varaqcha nusxasi kirim kassa orderiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Nazorat xaridini oʻtkazish ‎‎

‎‎bayonnomasi

‎‎

‎‎_____________________

‎‎‎‎_____________________

(bayonnoma tuzilgan sana)‎‎

(bayonnoma tuzilgan joy‎‎

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(davlat soliq xizmati organining nomi)

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(davlat soliq xizmati organi masʼul xodimlarining F.I.O. va lavozimi)

‎‎____________________________________________________________________
‎‎hamda xolislar _________________________________________________________________

‎‎(xolislarning F.I.O. va yashash manzili)

‎‎____________________________________________________________________
‎‎ishtirokida 20__ yil “____”_______________ kuni soat _____da _______________________

‎‎(hudud nomi)

‎‎____________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyektining joylashgan yeri)‎‎

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(tadbirkorlik subyektining nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O., yashash joyi, tugʻilgan yili)

‎‎nazorat xaridini oʻtkazdik. Nazorat xaridini oʻtkazish vaqtida quyidagilar

‎‎A N I Q L A N D I:

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(xaridorning F.I.O.)

‎‎_________________________________________________________________________ ning

‎‎(tadbirkorlik subyektining nomi)

‎‎____________________________________________________________________________ga

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O., yashash joyi, tugʻilgan yili)

‎‎murojaat qilib, ________________________________________________________________

‎‎‎‎(xarid qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nomi, miqdori va qiymati)

‎‎___________________________________________________________________xarid qilgan
‎‎va tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga __________________________
‎‎____________________________________________________________________

(milliy valyutaning qiymati yoki banknotlar turi, qiymati va soni)

jami __________________________________________________________________ bergan.‎‎

‎‎(pul mablagʻining miqdori raqam va soʻz bilan yoziladi)

Tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs xaridorga u soʻragan tovarlarni berib (ishlar bajarib, xizmatlar koʻrsatib)______________________________________________________ qaytim qaytargan.

(qaytim miqdori, valyuta turi, qaytim miqdori raqam va soʻz bilan yoziladi)
‎‎Tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridor (mijoz) tomonidan toʻlangan haqni olib,_____________________________________________
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsning xatti-harakatlari)

‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
‎‎Toʻliq hisob-kitob qilingandan soʻng tekshiruv oʻtkazilishi haqida eʼlon qilindi. Tekshirish vaqtida quyidagilar

‎‎A N I Q L A N D I:

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(aniqlangan holatlar tavsifi)

____________________________________________________________________‎‎

‎‎ Nazorat xaridi oʻtkazilib, oʻzaro hisob-kitoblar yakunlangach, nazorat xaridini oʻtkazishda foydalanilgan pul mablagʻlari tekshirilgan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs tomonidan davlat soliq xizmati organining masʼul xodimiga, xarid qilingan tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning natijalari (nazorat xaridi predmetlari) esa, davlat soliq xizmati organining masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga qaytarib berildi.

‎‎Bayonnoma bilan tanishdim va oʻtkazilgan nazorat xaridi va bayonnoma mazmuni boʻyicha quyidagilarni bildiraman:

‎‎____________________________________________________________________

‎‎(tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsning fikr-mulohazalari)

____________________________________________________________________‎‎
____________________________________________________________________‎‎‎‎
____________________________________________________________________‎‎‎‎

‎‎Mazkur bayonnoma uchta bir xil nusxada tuzildi va uning bir nusxasi tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxsga berildi hamda nazorat xaridini oʻtkazishda ishtirok etgan barcha shaxslarga ovoz chiqarib oʻqib eshittirildi.

‎‎Bayonnomani tuzgan shaxslar

‎‎_______________

‎‎______________________

(imzo) ‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

_______________

______________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎ ‎‎

‎‎Xolislar:

‎‎_______________

______________________

‎‎(imzo) ‎‎

(F.I.O, yashash joyi, tugʻilgan yili)

_______________ ‎‎

______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎ ‎‎

(F.I.O, yashash joyi, tugʻilgan yili) ‎‎

‎‎Xaridni amalga oshirgan shaxs

_______________ ‎‎

______________________‎‎‎

‎‎(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

(F.I.O, yashash joyi, tugʻilgan yili) ‎‎ ‎

‎‎Tadbirkorlik subyekti (uning vakili) yoki jismoniy shaxs

_______________

_____________________

‎‎‎‎(imzo) ‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎(F.I.O, yashash joyi, tugʻilgan yili) ‎‎ ‎ ‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 349-modda; 2015-y., 33-son, 444-modda, 43-son, 554-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 10/18/2475-4/0604-son)