Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.05.1990 yildagi PF-4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ULUG‘ VATAN URUShI NOGIRONLARIGA, QATNAShChILARIGA, BAYNALMILALChI JANGChILARGA VA HALOK BO‘LGAN HARBIY XIZMATChILARNING OILALARIGA SOVET XALQINING ULUG‘ VATAN URUShIDAGI G‘ALABASINING 45 YILLIGI BAYRAM QILINIShI MUNOSABATI BILAN QO‘ShIMChA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarining, baynalmilalchi jangchilar va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalarining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida hamda sovet xalqining Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabasining 45 yilligini nishonlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari va shahar Soveti ijroiya qo‘mitalari, jumhuriyat hududida joylashgan korxonalar va tashkilotlar 1990-yilda Ulug‘ Vatan urushi nogironlarini va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalarini uy-joy bilan ta’minlasinlar, 1991-yilda esa Ulug‘ Vatan urushining barcha qatnashchilarini hamda ularga tenglashtirilgan 1990-yil 1-yanvargacha hisobga olingan kishilarni uy-joy bilan ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari va Toshkent shahar Soveti ijroiya qo‘mitalari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari hozirgi vaqtda yashayotgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni ularga shaxsiy mulk qilib topshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil davomida Ulug‘ Vatan urushi nogironlarining va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalarining, 1991-yilda esa barcha Ulug‘ Vatan qatnashchilarining hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarning uy-joy, maishiy sharoitini xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalarining, korxonalar, tashkilotlar, kolxozlar, sovxozlarning mablag‘lari hamda boshqa manbalar hisobidan uy-joy qurish va remont qilish yo‘li bilan yaxshilashni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi 1990-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston SSJ Ijtimoiy ta’minot vazirligi sistemasidagi urush veteranlari uchun sanatoriylar, pansionatlar va statsionarlarda ovqatlanishga, dori-darmonlarga va yumshoq jihozlarga xarajatlar normasini Ulug‘ Vatan urushi nogironlari gospitallari uchun ko‘zda tutilgan normalarga tenglashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga, baynalmilalchi jangchilarga shaxsiy foydalanish uchun sotishga bozor fondidan 1750 ta yengil avtomashina ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSJ Ijtimoiy ta’minot vazirligiga I guruh nogironlariga kajavalar sotib olish uchun chet el valyutasida 100 ming so‘m ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSJ Aloqa vazirligi, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari va Toshkent shahar Soveti ijroiya qo‘mitalari 1990-1991-yillarda 1990-yil 1-yanvarigacha hisobga olingan barcha Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarining, baynalmilalchi jangchilarning va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalarining kvartiralari telefonlashtirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralarga markazlashtirilgan moddiy rag‘batlantirish fondi mablag‘idan, korxonalar va tashkilotlarga — moddiy rag‘batlantirish (mehnatga haq to‘lash yagona fondi) fondlari mablag‘laridan, noishlab chiqarish sohasidagi muassasalarga esa smeta xarajatlarini tejash hisobidan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarini shu yilning may oyidan kechiktirmay qiymati 100 so‘mgacha turadigan esdalik sovg‘alar bilan mukofotlashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalari Vatan urushi qatnashchilari bo‘lgan ishlamayotgan pensionyerlar uchun ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan mablag‘ hisobidan sovg‘a sotib olsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi sotsialistik Vatanni himoya qilishda Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch daraja Shuhrat ordenlari bilan mukofotlangan jangchilarning alohida xizmatlarini hisobga olib, ularning uy-joy sharoitlarini, ularga tibbiy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishning 1990-yilga belgilangan tadbirlarini birinchi navbatda bajarishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 22-24-son, 309-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)