Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2002 15.05.1997 yildagi PF-1780-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2002
Hujjat 15.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QOʻMITASINI MAQROIQTISODIYOT VA STATISTIKA VAZIRLIGIGA OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 27-dekabrdagi PF-3183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarishning bozor uslublarini joriy etish, respublikani rivojlantirishning maqbul makroiqtisodiy proporsiyalarini va barqaror surʼatlarini taʼminlash, statistikaning xalqaro normalar va andozalarga muvofiq samarali ishlashini tashkil qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga oʻzgartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq yoʻnalishlarini, yoʻllari va uslublarini belgilash, respublika iqtisodiyotini boshqarishning bozor mexanizmlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy va moddiy balanslarni, milliy hisoblar tizimidan foydalangan holda Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish taxminlarini va taxminiy variant hisob-kitoblarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birga toʻlov, moliya va tashqi savdo balanslarini shakllantirish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning real sohasida eng maqbul surʼatlar va proporsiyalarni taʼminlovchi investitsiya dasturlarini tayyorlash hamda ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, mineral va xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va jahon xoʻjalik aloqalariga integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olishning zamonaviy indikativ, tahliliy va statistika usullari hamda vositalarini rivojlantirish va chuqurlashtirish hamda iqtisodiyot, madaniyatning rivojlanishini, xalq turmush darajasi va farovonligi yuksalishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari istiqbolni belgilash va statistika boʻyicha ishlab turgan boʻlinmalar negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ‎ — Iqtisodiyot va statistika vazirligini; ‎
respublika viloyatlari va Toshkent shahrida ‎ — Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalarini; ‎
respublika shaharlari va tumanlarida ‎ — Iqtisodiyot va statistika boʻlimlarini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur organlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga qarashlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalarining rahbarlari, shuningdek ularning tarkibiga kiruvchi statistika boshqarmalarining rahbarlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tayinlanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasining boshligʻi lavozimiga koʻra, viloyatlar, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, tuman va shahar iqtisodiyot va statistika boʻlimlarining rahbarlari tegishli ravishda tuman va shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari tomonidan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va statistika hududiy organlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarda bozor islohotlarini chuqurlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy balanslarni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ish bilan bandligini taʼminlash, isteʼmol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirish, ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirishning yoʻnalishlari va aniq yoʻllarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro normalar va andozalarga mos keladigan statistika axborotini yigʻish va ishlov berish usullarini joriy etish, mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida sodir boʻlayotgan jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil etish toʻliq hamda tezkor boʻlishini taʼminlash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 5-avgustdagi 449-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1780-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 161-modda)