Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2381-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-martdagi 69-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 11-son, 141-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 29-iyundagi 51, 2012-22-son “Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tomonidan mahalliy budjetga neft mahsulotlarining chakana narxi bilan belgilangan cheklangan ustamadan ortiq boʻlgan xarid narxi oʻrtasidagi tafovutni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2381, 2012-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 352-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-aprel,
34-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-aprel,
2013-20-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 210-modda)