OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining savdo reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 1-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 976-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF–4494-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 1-son, 2-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 11-sentabrda EG-01/20-4533, 01/8-7, 02/15-57, 2000-17-son bilan tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining savdo reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 976, 2000-yil 7-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 19-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
6-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
28-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
01/2-04-10-41-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
01-02/15-20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-mart,
2013-11-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F.MULLAJONOV
2013-yil 18-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 185-modda)