Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 15.03.2013 yildagi PF-4515-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-343-sonli Qonuniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” va “Boj tarifi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilayotgan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mol-mulk olib kirishda import bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinishlari ko‘zda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan asosiy kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar ro‘yxatining II bobi 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Quyidagilar bojxona to‘lovini undirishdan ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarning ustav jamg‘armasidagi ulushi o‘ttiz uch foizdan kam bo‘lmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mol-mulk mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4515-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12-son, 150-modda)