Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining
buyrugʻi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar — don va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga un ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 983-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda) hamda 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 411-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 2000-yil 7-noyabrdagi 6-2-4/15-son bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar — don va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga un ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (roʻyxat raqami 983, 2000-yil 16-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 22-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzdonmahsulot” AK, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 1-mart,
26-son
Kelishilgan:
“Oʻzdonmahsulot” AK raisi E. QUDRATOV
2013-yil 1-mart
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 1-mart
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 1-mart
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
2013-yil 1-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 11-son, 148-modda)