O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Doimiy yashash joyidan tashqaridagi hududda belgilangan tartibda ishga tayinlangan davlat boshqaruvi hududiy organlarining va prokuratura organlarining xodimlariga qulay turar joy sharoitlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Boshqa mintaqalardan ishga taklif qilingan Prezident Devoni, Oliy Majlis Kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari apparatlarining mas’ul xodimlari, prokuratura organlarining xodimlari”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-mart,
67-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 10-son, 130-modda)