Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 01.03.2013 yildagi PF-4512-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xomashyosining jahon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish boʻyicha ishlanmalar jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba toʻplangan boʻlib, ular yuzasidan bir qancha oʻn yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda. Respublikada Markaziy Osiyoda oʻxshashi yoʻq ilmiy-eksperimental markaz — Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan boʻlib, uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida eʼtirof etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiq suv va issiqlik taʼminoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik oʻzgartkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa faol va samarali olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida amalda eksperimental ravishda keng koʻlamda qoʻllanilmoqda. Oʻn yildan ortiq vaqt mobaynida respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv bilan taʼminlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqurilmalar oʻrnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan. Koʻplab oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun Oʻzbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilgʻor texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun Oʻrta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻplangan tajribani eʼtiborga olgan holda va tadqiqotlar hamda tajriba-sanoat ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy darajada oʻtkazishni yanada davom ettirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda Oʻzbekiston sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim yechimlarni amalda qoʻllash, shuningdek mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekistonda quyosh va biogaz energiyasidan foydalanishni yanada chuqurroq ishlab chiqish va amalda qoʻllash uchun ilmiy-eksperimental va moddiy-texnika bazasi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fanlar akademiyasi va manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda, toʻplangan tajribani hisobga olgan holda quyosh va biogaz energiyasidan foydalanish sohasidagi eksperimental va amaliy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, bunda muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarish boʻyicha tajriba loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga, respublikada tegishli uskunalarni, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni, shuningdek ularga servis xizmati koʻrsatishni tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy—ishlab chiqarish birlashmasi negizida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyosh energiyasidan sanoat koʻlamida foydalanish sohasida yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor va iqtisodiy jihatdan samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada quyosh energiyasi potensialidan amaliy foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyosh energetikasidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish, shu jumladan maxsus materiallarni sintez qilish va ularga termik ishlov berish texnologiyalarini qoʻllash bilan bogʻliq amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyosh energetikasi sohasidagi yirik loyihalar boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatini tashkil etish va uni moliyalashtirish manbalari boʻyicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekenergo” DAK va “Suntech Power Co.” (XXR) kompaniyasi oʻrtasida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni teng ulushlarda moliyalashtirgan holda eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 100 MVt quvvatli fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona barpo etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona barpo etish boʻyicha biznes-reja hamda zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, bunda 2013-yilning oktyabr oyida quvvati 50 MVt boʻlgan birinchi navbat ishlab chiqarishni foydalanishga topshirish, 2015-yilda loyiha quvvatiga erishish nazarda tutilsin. Bu oʻrinda korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotga ehtiyoj va uni sotish bozorlarini chuqur tahlil qilishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekenergo” DAKning Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” DAK uch oy muddatda loyihani moliyalash manbalari sifatida Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasining mablagʻlarini jalb etishni nazarda tutgan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi hamda tender hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati hokimligi 2013-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekenergo” DAKga elektrostansiyani qurish va joylashtirishni tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etgan holda quyosh va biogaz energiyasini qoʻllash boʻyicha eksperimental va pilot loyihalar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi xalqaro ekspertlar ishtirokida ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda quyosh hamda biogaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni ragʻbatlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari va afzalliklar berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013-yilda Toshkent shahrida xalqaro moliya institutlari, yetakchi xalqaro ekspertlar, xorijiy tadqiqot markazlari hamda texnologik uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirokida muqobil energiya manbalarini qoʻllash masalalariga doir xalqaro konferensiyani oʻtkazish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekenergo” DAK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013-yilning I yarim yilligida Vazirlar Mahkamasiga “Muqobil energiya manbalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 1-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4512-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 124-modda)