21.02.2013 yildagi 51-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2015-yillarda Xorazm viloyatining sanoat potensialini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 22-noyabrdagi PQ–1856-son qarorini bajarish yuzasidan va “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining — “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat negizida 2014-yilning I choragida “Damas” rusumli yengil avtomobillarning yigʻuv ishlab chiqarishini boshlashni (I bosqich), keyinchalik 2014-yilning IV choragida ishlab chiqarishning toʻliq sikliga oʻtishni (II bosqich) nazarda tutuvchi ikki bosqichda “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining — “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymat boʻyicha davlat ulushi sifatida “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining — “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat (keyingi oʻrinlarda Obyekt deb ataladi) ishlab chiqarish maydonlarining bir qismini rekonstruksiya qilish va “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha filial tashkil etish uchun keyinchalik “Jeneral Motors Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga uzoq muddatli moliyaviy ijaraga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jeneral Motors Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyiha tashkiloti etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʼZAVTOSANOAT-INJINIRING” masʼuliyati cheklangan jamiyat — qurilish ustidan texnik nazoratni amalga oshiruvchi tashkilot etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushi, qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini tegishli ravishda koʻpaytirgan holda “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga va “Jeneral Motors Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga, istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan loyiha va “Damas” rusumli yengil avtomobillar uchun butlovchi detallar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga doir investitsiya loyihalari boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqqan holda bir bosqichli tartibda loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini 2013-yil 31-dekabrgacha ishlab chiqish bilan bir vaqtda Obyektni qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati “Oʻzogʻirsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqishni va uni vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishishni hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni 2013-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh pudratchi tashkilot yopiq tanlov savdolari asosida buyurtmachi tomonidan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur sement va metall prokati bosh loyiha tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan asoslangan hisob-kitoblari asosida, birja kotirovkalarining oʻrtacha hisoblangan baholari boʻyicha, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va buyurtmachining buyurtmanomalariga muvofiq bosh pudratchi tashkilot tomonidan sotib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar, istisno tariqasida, tender savdolari oʻtkazmasdan, “Jeneral Motors” kompaniyasining global xaridlar tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan sotib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektni rekonstruksiya qilishda hosil boʻladigan barcha qismlarga ajratilgan materiallar va qurilish konstruksiyalari, foydalanish uchun yaroqlilaridan tashqari, utilizatsiya qilinadi, metall parchalari va utilizatsiya qilinayotgan asbob-uskunalar “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Xoʻjalik hisobidagi “Ikkilamchi qora metallar” korxonalarining boshqarmasiga hamda “Toshkent rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga metall parchalari tarzida topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishining ekspert kuzatuvini taʼminlasin va loyihani amalga oshirish boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S. Azimov) “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat negizida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini hamda “Damas” rusumli yengil avtomobillar uchun butlovchi detallar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga doir investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-oktabrdagi PQ–1623-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish va oʻzlashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatidagi Hazorasp, Qoʻshkoʻpir, Yangiariq va Yangibozor tumanlari kasb-hunar-texnika kollejlari negizida avtomobilsozlik yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar qabul qilishni va professional kadrlar tayyorlashni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan avtomobilsozlik ishlab chiqarishi uchun tegishli yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida va Toshkent davlat texnika universitetida Xorazm viloyati abituriyentlari uchun qabul kvotasini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan kvotalar boʻyicha Urganch davlat universitetida hujjatlar qabul qilishni va abituriyentlarni test sinovidan oʻtkazishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 106-modda)