20.02.2013 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash va lazerli nur tarqatgichlarni noqonuniy ishlatishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2013-yil 1-martdan boshlab lazer nurli koʻrsatkichlar (keyingi oʻrinlarda lazerli koʻrsatkichlar deb ataladi) sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatgichlarni (TIF TN kodi 9013 20 000 0) chetdan olib kirish va sotish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar vazirligi lazerli koʻrsatkichlarning chetdan noqonuniy olib kirilishi, sotilishi hamda ulardan foydalanilishi holatlarini aniqlash va bartaraf etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga uchuvchilarning kabinalari lazerli koʻrsatkichlar bilan nurlangan taqdirda havo kemalari ekipajlarining ishlash tartibini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻquvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari oʻrtasida lazerli koʻrsatkichlarni odamga va parvoz qilayotgan havo kemalariga qaratishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)