07.04.1999 yildagi PF-2282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning muqaddas e’tiqodi — islom diniga oid boy ma’naviy-madaniy merosini asrab avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy g‘oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish, tahlil etish va zamonaviy ruhda rivojlantirish, shu sohada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, zamon talablari darajasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ularga lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish hamda ajdodlarimizdan qolgan noyob manbalar asosidagi tadqiq etilgan ma’lumotlar bilan xalqimizning diniy savodxonligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universiteti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universiteti o‘z faoliyatini oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga taalluqli amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda uning diniy ta’lim sohasidagi ko‘p yillik tajribasidan foydalanish asosida yuritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dinshunoslik asoslari, yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayoti va rivojidagi o‘rni bilan bog‘liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassis — bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash hamda mavjud kadrlarning malakasini oshirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom diniga oid ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash borasida jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining tajribasini atroflicha o‘rganish, tahlil etish va Toshkent islom universitetidagi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, millatimizning buyuk ilmiy, ma’naviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur o‘rganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan o‘rnini tadqiq etish asosida hozirgi ko‘pdinlilik sharoitida dunyoda, mintaqada va mamlakatimizdagi islomning roli va ahamiyatini aniqlash, rivojlanish yo‘nalishlari, g‘oyalari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz ta’lim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik, xususan, islom ta’limoti va falsafasi bo‘yicha ilmiy ommabop asarlar, darsliklar, o‘quv dasturi va qo‘llanmalar yaratish hamda ularni nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijdan sohaning yetuk mutaxassis — o‘qituvchilarini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Universitetning tuzilmasi, nizomi, ikki bosqichli oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda jahondagi ilg‘or ijobiy tajribalar atroflicha o‘rganilsin, tahlil etilsin va amaliyotga joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Universitetning ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi asosan mamlakatimizdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan, jumladan, shu yo‘nalishda xorijdagi ta’lim va ilmiy markazlarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali o‘qituvchilar va xodimlar, shuningdek, salohiyatli soha mutaxassislari — amaliyotchilar qatoridan shakllantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Universitet tarkibida quyidagi ikki ta’lim fakulteti tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom tarixi va falsafasi fakulteti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitet qoshida islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi va akademik litsey tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy va o‘quv tarbiya jarayonlariga eng zamonaviy tadqiqotchilik, pedagogik va axborot texnologiyalarni tadbiq etish ko‘zda tutilsin va ta’minlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mamlakatimizda hamda chet ellarda mavjud bo‘lgan va yurtimizga olib kelingan islom ta’limotiga oid manbalarni jamlash, ro‘yxatga olish, talab darajasida saqlash va kelajak avlod uchun yetkazish maqsadida Islom universiteti tarkibida manbalar xazinasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin. Jamg‘armaning faoliyatini mablag‘lar bilan ta’minlashning asosiy manbalari sifatida quyidagilar belgilansin: davlat grantlari, to‘lov-kontrakt asosidagi mablag‘lar, o‘zbekistonlik va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro investitsiyalar, xayriya badallari va o‘z faoliyatidan tushadigan daromad mablag‘lari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma bojxona to‘lovlari va barcha turdagi soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Universitetni tashkil etish bilan bog‘liq barcha ishlar 1999-yil iyul oyiga qadar tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kunlik muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2282-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 4-son, 91-modda)