Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining
Qarori
Aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy undiruvlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 164-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 3-son, 6-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 159-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy undiruvlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 164, 1995-yil 29-avgust) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-yanvar,
7-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 92-modda)