Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017 29.03.1999 yildagi PF-2276-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017
Hujjat 29.03.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YaNGI TAShKIL ETILAYOTGAN XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR FAOLIYATI USTIDAN BANK VA SOLIQ NAZORATINI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini avj oldirish, ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati uchun real shart-sharoitlarga ega boʻlgan yangi tadbirkorlik tuzilmalari shakllantirilishini, shuningdek belgilangan hisob-kitob tartibiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1999-yilning 1-aprelidan boshlab yuridik shaxs huquqlariga ega yangi tashkil etilayotgan savdo va savdo-vositachilik korxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar, shaharlar, tumanlarning hokimliklarida roʻyxatdan oʻtkazish va soliq organlarida hisobga qoʻyish ularda oʻzlarining ustav faoliyatiga mos keladigan savdo maydonlari, omborxonalari hamda asbob-uskunalari, shu jumladan, chakana savdo korxonalari uchun — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni xarid qilishga yoxud ijaraga olishga mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartibga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasining Raisi va hududiy soliq organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agarda savdo va savdo-vositachilik korxonalari uch oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq pul operatsiyalarini bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirmagan hollarda tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha keyingi operatsiyalari oʻtkazishni toʻxtatib qoʻysin (budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga soliqlarni hamda boshqa majburiy toʻlovlarni oʻtkazish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilgan sanadan boshlab uch kun muddatda yuridik shaxs faoliyatini bundan buyon davom ettirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash uchun u hisobga qoʻyilgan joydagi soliq xizmati organiga axborot bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga binoan, moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq pul operatsiyalarini bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirmayotgan yuridik shaxslarni belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlar reyestridan chiqarsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻzining yuridik manzilgohi oʻzgargani haqida roʻyxatga oluvchi organga va soliq xizmati organiga oʻn kun muddat ichida maʼlum qilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxslariga soliq organlari tomonidan eng oz ish haqi miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha maʼmuriy jarima solinishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-son Farmonining 8-bandi savdo va savdo vositachilik korxonalari uchun oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2276-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 80-modda; 6-son, 155-modda)