Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.01.1991 yildagi PF-124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOLXOZChILAR, SOVXOZLARNING IShChILARI VA QIShLOQ JOYLARIDA YaShOVChI BOShQA FUQAROLARNING ShAXSIY YORDAMChI XO‘JALIKLARINI YaNADA RIVOJLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloqda ijtimoiy muammolarni hal etishni jadallashtirish, aholiga amaliy yordam berish hamda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni zarur deb hisoblayman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston MSSR Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qo‘mitalari, nohiya ijroiya qo‘mitalari, posyolka, qishloq va ovul Sovetlari, O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir xo‘jalik posyolka, qishloq, nohiya va viloyatda yangi tomorqa uchastkalariga yoki mavjud tomorqa uchastkalarini kengaytirishga muhtoj bo‘lganlarni aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtazorlar qisqartirilishini nazarda tutib, 1991-yilda jamoa xo‘jaliklarining a’zolari, davlat xo‘jaliklarining ishchilari va qishloqda yashovchi boshqa fuqarolarning tomorqa maydonlariga ehtiyojini qondirish uchun 108,5 ming yer jumladan Qoraqalpog‘iston MSSRda 16,0 ming gektar, Andijon viloyatida 8,7 ming gektar, Buxoro viloyatida 12,6 ming gektar, Jizzax viloyatida 3,1 ming gektar, Qashqadaryo viloyatida 9,8 ming gektar, Namangan viloyatida 7,6 ming gektar, Samarqand viloyatida 7,7 ming gektar, Surxondaryo viloyatida 13,0 ming gektar, Sirdaryo viloyatida 3,9 ming gektar, Toshkent viloyatida 8,2 ming gektar, Farg‘ona viloyatida 14,6 ming gektar, Xorazm viloyatida 3,3 ming gektar yer ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari nohiya, posyolka, qishloq va ovul Sovetlari, jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklari rahbarlari 1991-yilning sentyabriga qadar ajratib beriladigan tomorqa uchastkalari rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston MSSR Vazirlar Kengashi, viloyat, nohiya, qishloq va ovul Sovetlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1989-1990-yillarda ajratib berilgan barcha tomorqa yerlarini qayta ro‘yxatga olsin, foydalanilmayotgan uchastkalarni tortib olib, muhtoj oilalarga bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylar ijtimoiy-madaniy inshootlar va muhandislik yer osti inshootlari joylashtirilishini hisobga olib, bosh rejalar va namunali loyihalarga qat’iyan muvofiq tarzda qurilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari egalari uyushmasi (o‘rtoq S.N. Usmonov) aholiga yer uchastkalari ajratishga oid qarorlarni qabul qilish va ro‘yobga chiqarishda ijtimoiy adolatga rioya etilishini qat’iy nazorat ostiga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Farmon bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-124-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 3-son, 35-modda)