Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
“OʻzDEU avto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarning jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 529-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 180-son “Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEU avto” AJ mahsulotini eksport qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 317-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “Oʻzbeksavdo” AK va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1998-yil 10-noyabrda 05-1/18-180, 24/8-1772-son bilan tasdiqlangan “OʻzDEU avto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarning jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalari” (roʻyxat raqami 529, 1998-yil 11-noyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-yanvar,
10-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 80-modda)