06.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2425
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 06.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2425
Kuchga kirish sanasi
11.02.2013
Hujjat 11.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2425]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2425-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2425-1, 10.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 10/23/2425-1/0585-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 8-yanvardagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati milliy standarti
(3-sonli SMMS)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) (bundan keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2425-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2425-1, 10.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 10/23/2425-1/0585-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu standartning maqsadi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlarini oʻtkazish vaqtida soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur standart bir martalik (bir yoʻla) xizmatni koʻrsatish shartnomalari boʻyicha soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida koʻrsatiladigan xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar (keyingi oʻrinlarda xizmatlar deb yuritiladi) shartnoma asosida koʻrsatiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv vaqtida vujudga kelayotgan aniq koʻrsatilgan savollar boʻyicha xulosa berish, ushbu savollar boʻyicha mijozning (ishonch bildiruvchining) davlat soliq xizmati organlari oldidagi nuqtai nazarini tasdiqlovchi hujjatlarni (isbotlarni) taqdim etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq tekshiruvi doirasida amalga oshirayotgan harakatlarni kuzatib borish (soliq toʻlovchining hududi va joylarini koʻzdan kechirish, mol-mulkini inventarizatsiya qilish, hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish va boshqalar) hamda oʻtkazilayotgan harakatlar qonuniyligi toʻgʻrisida mijozga (ishonch bildiruvchiga) xulosa taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq tekshiruvi natijalarini (soliq tekshiruvi dalolatnomasini) muhokama qilishda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari oldida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shartnomada soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organining qarori ustidan shikoyat berish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Soliq tekshiruvi oʻtkazish vaqtida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha maxsus talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur standartga muvofiq xizmat koʻrsatayotgan soliq maslahatchilari tashkiloti soliq tekshiruvi materiallarida isbot sifatida mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻriligi boʻyicha xulosa berish va fikr bildirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahatchilari tashkiloti xulosalar tayyorlashda, oʻzining fikriga koʻra huquqiy jihatdan xatarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan hujjatlardan va maʼlumotlardan isbot sifatida foydalanmaslik huquqiga ega va bu haqda, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni koʻrsatgan holda, mijozga (ishonch bildiruvchiga) xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq maslahatchilari tashkiloti xizmat koʻrsatish jarayonida olingan mijozga (ishonch bildiruvchiga) tegishli maʼlumotni uning roziligisiz davlat soliq xizmati organlariga va boshqa shaxslarga maʼlum qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi xulosa va fikrlar yuzasidan soliq maslahatchilari tashkilotining fikrini bildirish, hamda ushbu xulosa va fikrlar boʻyicha shikoyat berish yuzasidan takliflar, soliq tekshiruvi dalolatnomasi boʻyicha eʼtirozlar tayyorlash faqat yozma ravishda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan koʻrsatilgan xizmat boʻyicha hisobot tuzishda, hisobotda majburiy tartibda soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda va u boʻyicha qaror qabul qilishda soliq maslahatchilari tashkilotining inobatga olinmagan asoslangan eʼtirozlari mavjud boʻlgan davlat soliq xizmati organining nuqtai nazari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish soliq tekshiruvi boshlangan muddatdan qatʼi nazar, boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 79-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 10/23/2425-1/0585-son)