O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun attestatsiyadan o‘tkazishga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 53-modda) “2013-yil 1-yanvardan boshlab” so‘zlari “2013-yil 1-iyuldan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-yanvar,
24-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 5-son, 57-modda)