06.12.2012 yildagi PS-343-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 30-oktabrda taqdim etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2012-yil 16-noyabrdagi 576–II-sonli qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjetini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda Davlat budjeti parametrlari qabul qilinsin, shuningdek Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotni yanada liberallashtirish yuzasidan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga, aholining daromadlari darajasini va turmush farovonligini oshirishga hamda inflatsiya darajasini maqsadli prognoz koʻrsatkichlar doirasida saqlashga yoʻnaltirilgan choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish boʻyicha choralar amalga oshirilishini taʼminlasin. Ushbu choralarning roʻyobga chiqarilishi mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga va ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirishga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sohaga qilinadigan davlat xarajatlarini, shu jumladan taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada koʻpaytirish yoʻli bilan aholi turmush farovonligini oshirish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini taʼminlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartirishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini tubdan yaxshilashni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlari iqtisodiyot tarmoqlarini hamda mamlakat hududlarini istiqbolli rivojlantirishning roʻyobga chiqarilayotgan dasturlari bilan chambarchas bogʻliq holda ildam rivojlanishini taʼminlashni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi PQ–1446-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2011—2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Dastur roʻyobga chiqarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va birinchi navbatdagi xarajatlar boʻyicha kafolatlangan toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oʻz vaqtida va toʻla moliyalanishini taʼminlash boʻyicha ishlarni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha, davlat xaridlari jarayonini tartibga soladigan, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralikni, ochiq-oydinlikni taʼminlashga hamda raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha choralarni roʻyobga chiqarishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligini 2013-yil 1-yanvar holatiga koʻra respublika budjetining zaruriy aylanma kassa naqd mablagʻlari hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq-budjet qonunchiligining mohiyatini, ahamiyatini hamda mexanizmlarini barcha soliq toʻlovchilar va budjetdan mablagʻ oluvchilar eʼtiboriga yetkazish yuzasidan seminarlar hamda boshqa turdagi tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan parametrlari bajarilishini taʼminlasin, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin, budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qatʼi va taʼsirchan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 6-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-343-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 12-son, 345-modda)