Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-martdagi PF-3725-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-martdagi PF-3725-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-dekabr,
PF-4493-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 15-modda)