OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Qarori
“Import kontraktlarini hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1283-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 20-oktabrdagi 01-02/19-42 va 241-V-son “Import shartnomalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1283, 2003-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2013-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-dekabr,
01-02/19-39-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-dekabr,
35/1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 594-modda)