Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2021 12.12.2012 yildagi 350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrda o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga aniq tarzda ijtimoiy yordam berishni kuchaytirish, respublika aholisining real daromadlari va farovonligi barqaror o‘sishi sharoitlarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy nafaqalarni to‘lashning aniq tarzdaligini oshirgan holda onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lashning va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning amaldagi miqdorlari va muddatlarini saqlab qolishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan bolalarning eng katta yoshini 14 yoshgacha pasaytirishni nazarda tutuvchi ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.09.2018-y., 09/18/731/1876-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi tegishli qarori loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilarni nazarda tutsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 1-yanvardan boshlab nafaqalar va moddiy yordamning barcha turlari uchun oila muhtojligini aniqlashning yagona mezonini joriy etish hamda ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlashda jami daromadni hisoblab chiqish tartibini soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash tartibini birxillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig‘inlari tomonidan vakolat berilgan komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) hamda ajratiladigan budjet mablag‘laridan aniq tarzda va maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga birkitilgan bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining tuman (shahar) organlari xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bandlikni ta’minlash va ish o‘rinlari tashkil etishning hududiy dasturlarini amalga oshirish doirasida, eng avvalo, qishloq joylarning yosh oilalaridagi shaxslarni ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013-yilning birinchi choragi mobaynida joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ushbu qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan oilalarni aniqlash masalalari bo‘yicha o‘qitish kurslari o‘tkazilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari hamda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalari orqali aholi o‘rtasida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari muntazam asosda o‘tkazilishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar kompleksini ikki hafta muddatda tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) hokimliklarining Komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha mavjud muammolar va takliflar to‘g‘risidagi axborotini muntazam ravishda eshitib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti uy xo‘jaliklarini tanlab o‘rganishlarni muntazam ravishda amalga oshirsinlar va har yili 1-oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning har bir mintaqasi bo‘yicha uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiga, kam ta’minlangan oilalar sonining o‘zgarishi dinamikasiga va ularning ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olinishiga doir tahliliy hisobotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lashga budjet mablag‘larini mintaqalar bo‘yicha qayta taqsimlashga doir takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratiladigan budjet mablag‘larining maqsadli va aniq tarzda sarflanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi Komissiyalar faoliyatini har chorakda tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan nazorat qilishni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
350-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 562-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.09.2018-y., 09/18/731/1876-son)