Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Butun (qurilayotgan) obyektlar uchun yuklarni deklaratsiyalash toʻgʻrisidagi vaqtinchalik Yoʻriqnomasini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 71-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining “Butun (qurilayotgan) obyektlar uchun yuklarni deklaratsiyalash toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 71, 1994-yil 13-iyun) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-noyabr,
01-02/12-32-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 570-modda)