OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Qarori
Tijorat banklari tomonidan veksel kafilligi (aval)ni rasmiylashtirish tartibi hamda unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 521-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 466-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 44-son, 507-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997-yil 29-martda 321-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan veksel kafilligi (aval)ni rasmiylashtirish tartibi (roʻyxat raqami 521, 1998-yil 9-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-fevralda 321-1-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan veksel kafilligi (aval)ni rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirishlar” (roʻyxat raqami 521-1, 1999-yil 1-aprel).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-noyabr,
33/2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 555-modda)