Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 12.01.1998 yildagi PF-1913-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 12.01.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish ularning xalqning maʼnaviy-axloqiy kamolotida tutgan oʻrnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, oʻrganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targʻib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy gʻurur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish yoʻlida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qoʻllashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikamizdagi Madaniyat ishlari vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarga tegishli barcha turdagi mavjud muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatishni taʼminlash maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi qoshida Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamda turli muassasalar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar jamgʻarma ham muassasalari boʻlishi mumkinligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamgʻarma Nizomini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekmuzey” faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarda oʻzbek xalqining boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi oʻrni, taraqqiyot bosqichlarini haqqoniy aks ettirish hamda zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur oʻrganib, milliy mustaqillik gʻoyalariga mos ekspozitsiyalar yaratish, muzeyshunoslikda umummilliy siyosatning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz fuqarolarini chet ellarda saqlanayotgan tariximizga oid osori-atiqalar bilan keng tanishtirish hamda muzeylarimizdagi noyob eksponatlar orqali xalq ongida umumbashariy qadriyatlarga, ulkan va boy milliy-madaniy merosimizga hurmat-ehtirom, Vatanimizning buyuk kelajagiga komil ishonch tuygʻularini tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyshunoslik sohasida xalqaro aloqalarni, oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻrgazma faoliyati orqali mamlakatimizning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlarni jahon miqyosida targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, muzey faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilish, ilmiy muassasalarni muzeyshunoslikni rivojlantirishda faol ishtirok etishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar fondidagi eksponatlarning yagona roʻyxatini yuritish, ularning muhofaza sharoitlarini doimiy, qatʼiy nazoratga olish, bu sohada tegishli meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyshunoslikka zamonaviy texnik vositalarni tatbiq etish, ulardan samarali foydalanishga oid dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyasi, “Oltin meros” xalqaro hayriya jamgʻarmasi hamda tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini yanada yaxshilash va takomillashtirishning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda mustaqil Oʻzbekistonning tarixi va bugungi kunini targʻib-tashviq qilishdagi alohida ahamiyatini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalq amaliy sanʼati muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Fargʻona davlat muzey-qoʻriqxonalarining rivojlanishi va moliyaviy taʼminoti boʻyicha alohida dastur ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirishni muvofiqlashtirish “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli tashkilot, muassasalarning ushbu muzeylarga homiylik qilish haqidagi takliflari eʼtiborga olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya, Madaniyat ishlari vazirliklari Davlat bojxona qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va shu masalalar bilan bogʻlik boʻlgan boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va boshqa masalalar bilan bogʻliq butun masʼuliyat Madaniyat ishlari vazirligi (X. Joʻrayev), Fanlar akademiyasi. (T. Joʻrayev), Ichki ishlar vazirligi (3. Almatov), Davlat Bojxona qoʻmitasi (U. Komilov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiyasi va Davlat matbuot qoʻmitasi mamlakatimiz aholisining muzeyshunoslik madaniyatini oshirish, ularni merosimiz va qadriyatlarimizdan xabardor qilib borish hamda mutaxassislar, muzey xodimlarining muzeyshunoslik sohasidagi ilmiy ishlarini chop etish, bu sohadagi yutuqlarni targʻib qilishi muzey xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida uch oyda bir marta oʻzbek, ingliz va rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy, rangli “Moziydan sado” jurnalini taʼsis etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekmuzey”, uning boʻlim va korxonalari, muzeylarning asosiy va qoʻshimcha faoliyatidan olinadigan daromadlari 5 yil muddatga barcha turdagi davlat soliqlaridan, bojxona va boshqa toʻlovlardan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqdan ozod etilishi natijasida yigʻilgan mablagʻlarning sohani yanada rivojlantirishga, uning moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, shuningdek xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli tashkilot va homiylarning daromaddan toʻlaydigan soliq boʻyicha bazasi ularning muzeylar faoliyatini yaxshilash uchun oʻtkazadigan pul mablagʻlari miqdoriga monand qisqartirilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirliklari Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey xodimlarini ijtimoiy himoyalash va oylik maoshlarini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yetakchi muzey va qoʻriqxonalarni oʻz ichiga olgan maxsus xalqaro turistik yoʻnalishlar (turlar) tashkil etsinlar hamda ularga xorijiy sayyohlarni jalb etish yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muzeylarning davlat hamda mahalliy budjetlardan mablagʻ bilan taʼminlanishining amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey inshootlarini qurish va toʻliq taʼmirlash hamda ularni zamonaviy jihozlash uchun zarur boʻlgan texnika vositalarini sotib olish va Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni 1998-1999-yillarda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini taʼminlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 12-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1913-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 31-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 8-son, 105-modda, 20-son, 354-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)