21.09.2012 yildagi 544-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 21.09.2012 yildagi 544-II-son
Kuchga kirish sanasi
21.09.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2012-yilning birinchi yarim yilligidagi Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 90,2 mlrd soʻm miqdorida ortiq boʻldi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2012-yilgi dasturining eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishilishini, bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari yanada chuqurlashtirilishini, samarali investitsiya siyosati oʻtkazilishini, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining raqobat-bardoshliligi oshirilishini, soliq tushumlari mexanizmi optimallashtirilishi va takomillashtirilishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng yuqori darajada qulay ishchanlik muhiti yaratilishini, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va budjet intizomiga rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilishini, ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar hamda aholiga boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlash uchun budjet xarajatlari toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini, “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirishga doir tadbirlar oʻtkazilishini, 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori iqtisodiy oʻsish surʼatlarning barqarorliligini taʼminlashga hamda shu asosda tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishiga erishilishiga, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishga qaratilsin. Budjet intizomiga rioya etish hamda mintaqalarning moliyaviy salohiyatidan eng yuqori darajada foydalanish yuzasidan amaliy choralar koʻrish ustidan nazorat kuchaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
544-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 9/2 (1438)-son, 257-modda)