OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“Xoʻjaliklar tomonidan ular ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1193-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda) va 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 130-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Moliya vazirligining 2002-yil 5-dekabrdagi 6-0/8, 202, EG-01/01-4902, 136 –son “Xoʻjalik tomonidan ular ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1193, 2002-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-24 son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 5-noyabr,
12-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-noyabr,
5/4-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-noyabr,
EG-01/10-6731-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-noyabr,
78-son
Kelishildi:
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
2012-yil 19-oktabr
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi F. BERDIYEV
2012-yil 19-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 529-modda)