27.12.2011 yildagi PQ-1667-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Surgil konini obodonlashtirish va uning bazasi asosida Ustyurt gaz-kimyo kompleksini qurish” loyihasini moliyalashtirilishi va qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish orqali loyihaviy moliyalashtirishni taʼminlash, shuningdek, “Surgil konini obodonlashtirish va uning bazasi asosida Ustyurt GKK qurish” loyihasi doirasida qurilish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Surgil konini obodonlashtirish va uning bazasi asosida Ustyurt GKK qurish” loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qimmatli komponentlarni ajratib olgan holda Surgil konini kompleks obodonlashtirish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uz-Kog Gas Shemical” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan “tayyor holda topshirish” shartlari asosida Koreya Respublikasining “GS Yengineering & Sonstruction Sogr.”, “Samsung Engineering Co., Ltd.” va ““Nyundai Engineering Co., Ltd.” xorijiy pudratchi kompaniyalari bilan Ustyurt GKKning texnologik zonalarini qurish boʻyicha hamda “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan Surgil konini obodonlashtirish obyektlarini loyihalashtirish, materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish hamda qurish boʻyicha kontraktlar (kelgusida — obodonlashtirish boʻyicha kontrakt) tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Surgil konini obodonlashtirish va uning bazasi asosida Ustyurt GKK qurish” loyihasi boʻyicha prognoz xarajatlarini moliyalashtirish uchun quyidagi manbalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uz-Kor Gas Chemical” MChJ qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasiga ulushlari va taʼsischilarning subordinar qarzlari (taʼsischilar tomonidan kiritiladigan investitsiyalar umumiy summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda) — “Oʻzbekneftgaz” MXK hisobidan 690.95 mln AQSh dollari miqdorida, shundan qiymati 97,65 mln AQSh dollariga teng boʻlgan mulkiy ulush koʻrinishida va “Kor-Uz Gas Chemical Investment Ltd.” kompaniyasi hisobidan 690,95 mln AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar koʻrinishida, shuningdek “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ qoʻshma korxonasining qurilish davridagi operatsion faoliyatidan olingan 5 mln AQSh dollari miqdoridagi foyda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki, Koreya eksport-import banki, Savdo sugʻurtasi boʻyicha Koreya korporatsiyasi va boshqa eksport-import agentliklari hamda xalqaro moliya institutlarining kafolati va sugʻurta qoplamasi ostida “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan jalb etiladigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish asosida 2504,9 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” MXK ““Uz-Kog Gas Shemical” MChJ bilan birgalikda “Surgil konini obodonlashtirish va uning bazasi asosida Ustyurt GKK qurish” loyihasining TIA ishlab chiqsin va 2012-yilning IV choragida tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” MXK ikki oylik muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kog-Uz Gas Shemical Investment Ltd.” kompaniyasi bilan birgalikda “Uz-Kog Gas Shemical” ustav jamgʻarmasiga taʼsischilar badallarini kiritish jadvalini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK “Ustyurtgaz” GKK balansidagi Surgil konining mulkiy kompleksi “Oʻzbekneftgaz” MXK balansiga keyinchalik uni “Uz-Kog Gas Shemical” MChJ qoʻshma korxonasining ustav fondiga mustaqil baholashga koʻra aniqlangan qiymati 97,65 mln AQSh dollariga teng miqdordagi mulkiy ulush sifatida kiritish, yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini “Uz-Kog Gas Shemical” MChJ qoʻshma korxonasiga berish toʻgʻrisidagi qarorni rasmiylashtirsh yoʻli bilan bepul oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK “Ustyurtgaz” GKK Surgil konining bepul beriladigan mulkiy kompleksi summasini qoplash uning taqsimlanmagan foydasi hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK “Ustyurtgaz” GKKga ilgari berilgan Surgʻil konidagi uglevodorod xomashyosini qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani “Uz-Kog Gas Shemical” MChJ qoʻshma korxonasiga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va vakolatli banklar Ustyurt GKKning texnologik zonalarini qurish boʻyicha xorijiy pudratchilar bilan “tayyor holda topshirish” shartlarida tuzilgan kontraktlarning ishlarni bosqichma-bosqich bajarilishini hisobga olgan holda oʻz vaqtida hisobga qoʻyilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar, asbob-uskunalar va materiallarning yiriklashtirilgan roʻyxati batafsil bayon etiladi va kontraktlar “tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshirilishiga qarab Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlariga taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida olib kiriladigan tovarlar, asbob-uskunalar va materiallarning “Oʻzbekneftgaz” MXKga taqdim etiladigan roʻyxatlarini koʻrib chiqish va kelishish ular kiritilgan sanadan eʼtiboran kechi bilan ikki hafta muddatda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Islohotlar amalga oshirilishini monitoring qilish va qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha respublika komissiyasi (B.I. Zakirov) talabgorlar murojaat qilgan paytdan boshlab ikki hafta muddatda Ustyurt GKKning yuqori xavfli va potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish va qurish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekneftgaz” MXK “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda uch oy muddatda Ustyurt GKKni tashqi suv va elektr taʼminoti, ijtimoiy, kommunal va muhandislik infratuzilmasi obyektlari bilan taʼminlash, shu jumladan mavjud temir yoʻllarni kengaytirish boʻyicha tegishli Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Surgil konini obodonlashtirish va uning bazasi asosida Ustyurt GKK qurish” loyihasi hamda Ustyurt GKKning tashqi infratuzilma obyektlarini qurish loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda “Uz-Kog Gas Shemical” MChJ qoʻshma korxonasi bilan 2012 — 2016-yillarda uning ehtiyojlari uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha taʼlim yoʻnalishlarini kelishsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012/2013 oʻquv yilidan boshlab Qoʻngʻirot soda zavodi huzuridagi Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimi negizida “Uz-Kog Gas Shemical” MChJ qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha mutaxassislarni kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tayyorlashni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2 va 3-ilovalarga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” MXK Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1667-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish