Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.12.2020 09.11.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1500-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 09.11.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1500-2
Kuchga kirish sanasi
19.11.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.12.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1500-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 24-noyabrdagi 2020-43-sonli ““Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1500-5, 04.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF–4473-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 466-modda) muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 10-iyuldagi 2005-42-son qarori (roʻyxat raqami 1500, 2005-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 238-modda) bilan tasdiqlangan Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan buxgalteriya balansidan iborat moliyaviy hisobot – 1-shaklni hamda moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot – 2-shaklni har hisobot yili boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmasdan davlat soliq xizmati organlariga topshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-29-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 520-modda)