OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Cheklangan tariflar boʻyicha aholi tashishda muntazam shahar yoʻlovchilar tashuvini bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻgʻrisidagi nizom va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 963-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-sonli “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 437-modda) muvofiq buyuraman:
1.Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 17-avgustda 76-son bilan tasdiqlangan Cheklangan tariflar boʻyicha aholi tashishda muntazam shahar yoʻlovchilar tashuvini bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 963, 2000-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 3-iyuldagi 70-son “Cheklangan tariflar boʻyicha aholi tashishda muntazam shahar yoʻlovchilar tashuvini bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruq (roʻyxat raqami 963-1, 2008-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 288-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-oktabr,
77-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
2012-yil 24-oktabr
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi Sh. MUXAMEDJONOV
2012-yil 24-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 519-modda)