02.11.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2398
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 02.11.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2398
Kuchga kirish sanasi
12.11.2012
Hujjat 12.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2398]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-B-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 36-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar telefon va telegraf stansiyalarini montaj hamda ekspluatatsiya qilish boʻyicha ishlarni amalga oshiruvchi barcha telefon va telegraf stansiyalarida (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega boʻlgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-yil, 6-son 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xodimlar Pochta va telekommunikatsiya xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1965, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 277-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ayollar mehnatidan foydalanish toʻliq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega boʻlgan ishlarga qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tibbiy koʻriklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud boʻlmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki tibbiy koʻrik natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qoʻyilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari” ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanishi chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m. yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Kirish va chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar avtomatik yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m. balandlikda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21° C, oʻrtacha ogʻir ishda 17° C va ogʻir ishda 16° C dan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 22° C dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m. dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Ichimlik suvining harorati 8° C dan 20° C gacha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Tashkilotlarda ish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai boʻlmagan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish uskunalarini toʻgʻri joylashtirish va ish joylarini toʻgʻri tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Texnologik jarayonlarda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari paydo boʻlganda xodimlarga oldindan oʻzini bexatar tutish qoidalari haqida maʼlum qilinishi va ular tegishli tartibda oʻqitilishi va himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Ishlab chiqarish jarayonlarining kechishi atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga, xavfli va zararli omillarning tegishli standart va normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab qoʻyilgan chegaraviy yoʻl qoʻyiluvchi meʼyorlardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Ishlab chiqarish binolarining barcha xonalari, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolarning koʻrinarli joylarida yongʻin xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari oʻrnatilgan xonalarining eshiklari yongʻinga chidamli qilib ishlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Tashkilot binolarining har bir qavatida yongʻin sodir boʻlganida xodimlarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi oʻrnatilishi shart. Chizmada xonalar, yoʻlaklar, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlarning favqulodda holatda zaxira chiqish yoʻllaridan harakat qilish yoʻnalishlari koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Bino va inshootlarda kuyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yertoʻlada yonuvchi suyuqliklar, gaz sigʻimlari, portlash xavfi boʻlgan mollarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda asbob-uskunalarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira chiqish yoʻllari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, boʻyash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yogʻoch panellar bilan bezash, turli qoʻshimcha xizmat xonalarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmogʻiga ulangan holda qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni ishlab chiqargan tashkilot tomonidan berilgan tavsiya va yoʻriqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Yongʻin oʻchirish vositalaridan xoʻjalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Tashkilot bino va inshootlarida oʻrnatilgan ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari suv tarmogʻiga ulangan boʻlib, ular yongʻin oʻchirish yeng va dastaklar maxsus yongʻin qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Yeng va dastaklar yongʻin oʻchirish ichki joʻmragiga ulab qoʻyilgan boʻlishi kerak
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda boʻlishi, ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda IV malaka guruhiga ega boʻlish talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Tok uzatilmagani sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hisoblash markazlarida ishlashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Kommutatsiya javonlari va boshqa tashqi qurilmalar, shuningdek oʻlchash, sinash va tekshirish asboblari, telegraf apparatlari, nazorat-chaqiruv asboblarining barcha korpuslari yerga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Qurilmalardan kommutatsiya javonlarining eshiklari va gʻiloflari yopiq boʻlgandagina foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Elektr taʼminot javonlarining eshiklarini ochiladigan tomonida va taqsimlovchi shchit yonida dielektrik gilamchalar toʻshalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Uskunani montaj qilish ishlari, yacheyka va bloklarni almashtirish kuchlanishdan toʻliq uzib qoʻyilgan holda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Ulovchi kabellar ajratkichlarini kuchlanish ostida ulash va ajratish taqiqlanadi. Kuchlanish uzib qoʻyilganidan soʻng tarmoq avtomatida “Ulanmasin! Odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi plakat osib qoʻyilishi kerak. Ishlar bajarilgandan soʻng ushbu plakatni osib qoʻygan (yoki uning oʻrnidagi) xodim plakatni olib qoʻyishi va kuchlanishni ulashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Taqsimlash shchitining saqlagichlarini shchitning ulab-uzgichi ulanmagan va yuklama olib qoʻyilgan holatda almashtirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Uskunalarda kuchlanishni uzib qoʻymasdan ishlashga faqat ayrim hollarda sex (uchastka) boshligʻining buyrugʻi yoki profilaktika ishlarining tasdiqlangan jadvali boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Ushbu ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida tegishli yozuv qayd qilish daftarida yozib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Yuklanishsiz (salt) ishlashning yoʻl qoʻyilgan vaqti ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomalarda koʻrsatib oʻtilmagan boʻlsa, ishdagi tanaffus (30 daqiqa va undan ortiq boʻlgan vaqt)larda hisoblash mashinalari elektr tarmoqdan uzib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Perforatsiya mashinalarida ishlaganda takrorlash qurilmasining choʻtkalari toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Perforatsiya mashinalarida ishlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilma yoqilgan vaqtda perforatorni tozalash va moylash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlayotgan vaqtda tasmani taqish va olib tashlash hamda ulab-uzgichlarning holatini oʻzgartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Perfokartalarni oʻrnatish va chiqarib olish, perfokartalarning qiyqimlari olib tashlanishiga kuchlanish uzib qoʻyilgan holdagina ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dvigatel aylanayotganida alfavit raqamli bosma qurilma (bundan buyon matnda ARBQ deb yuritiladi)ni tozalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magnit tasmalardagi toʻplagichlarda (bundan buyon matnda MTT deb yuritiladi) ishlaganda aylanayotgan kassetalarni qoʻl bilan toʻxtatish, shuningdek MTT eshikchasi ochiq va muhofazalovchi oynasi tushirilgan holatida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manba ulangan holatda ARBQ da qogʻoz almashtirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommutatsiya taxtalarini maydonda mahkamlamasdan qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. ARBQ da ishlar uning ustki qopqogʻi yopiq holatdaligida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Kompyuterda ishlashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Kompyuterni yoqishda operator uskunani ulashni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼminot blokini yoqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
periferiya qurilmalarini (printer, monitor, skaner va boshqalar) yoqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim blokini (protsessor) yoqishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Quyidagi holatlarda operatorning ish boshlashi taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunada nosozlik aniqlanganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kompyuterida himoyaviy yerga ulashning yoʻqligida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Operator ish vaqtida quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat unga topshirilgan va yoʻl-yoʻriq olingan ishni bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyini ozoda saqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilmaning barcha shamollatish tuynuklarini ochiq holatda saqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sichqoncha” tashqi qurilmasini maxsus gilamchaning mavjudligida qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan vaqtga ishlarni toʻxtatish zarurati tugʻilsa, barcha aktiv topshiriqlarni tartib bilan yopishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar operator kompyuterda ishlash davomidagi tanaffus vaqtida bevosita monitor yaqinida (2 m. dan kam boʻlgan masofada) turishga majbur boʻlsa, manbani uzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SanMvaQ 0224 “Shaxsiy kompyuterlar, videodispleyli terminallar va orgtexnikada ishlashda sanitariya qoidalari va normalari” talablarini bajarish hamda ish va dam olish tartibiga rioya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblash texnikasi bilan ishlaganda ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomalariga amal qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matnli axborotlar bilan ishlaganda qora belgilarni oq fonda koʻrsatishning fiziologik rejimini tanlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtida belgilangan tanaffuslarga amal qilish va jismoniy tarbiya tanaffuslarida koʻz, boʻyin, qoʻl, gavda va oyoq uchun tavsiya etilgan mashqlarni bajarishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Operatorga ish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir vaqtning oʻzida monitor ekrani va klaviaturaga tegish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼminot ulangan vaqtda tizim bloki (protsessor)ning orqa paneliga tegish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilmalarning ustki panellarini qogʻoz va boshqa buyumlar bilan toʻldirib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlash vaqtida taʼminotni uzib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼminotni tez-tez oʻchirib yoqish; tizim bloki (protsessor), monitor yuzasiga, klaviatura, diskovod, printer va boshqa qurilmalarning ish yuzasiga nam tushishiga yoʻl qoʻyish; sovuqda qolgan (qish paytida tashqaridan olib kirilgan) uskunani ulash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan uskunani ochish va taʼmirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Operator avariya holatlarda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼminot simlarining uzilishi, yerga ulashning nosozligi aniqlangan barcha holatlarda va elektr uskunaning boshqa shikastlanishlarida, kuyindi hidi paydo boʻlganda zudlik bilan taʼminotni uzib qoʻyish hamda avariya holati toʻgʻrisida rahbar va navbatchi elektrik xodimga xabar berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning kuchlanish ostiga tushib qolish holati aniqlanganda, zudlik bilan elektr taʼminotini uzib qoʻyish yoʻli bilan uni tok taʼsiridan xalos etish va shifokor kelguniga qadar jabrlanuvchiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminot texnik uskunasining ishidagi har qanday shikastlanish holatlarida zudlik bilan rahbar yoki masʼul xodimga xabar berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nigohni bir nuqtaga jamlaganda yoki uni oʻta ravshanlikka qaratganda - koʻzda ogʻriq paydo boʻlib, koʻrish qobiliyatining birdan yomonlashishi, barmoqlarda va qoʻl panjalarida ogʻriq paydo boʻlishida, yurak urishi tezlashish holatlarida zudlik bilan ish joyini tark etish, boʻlib oʻtgan hodisa toʻgʻrisida ish rahbariga xabar berish va shifokorga murojaat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskuna yonayotganida taʼminotni uzib qoʻyishi hamda uglekislota va kukunli yongʻinni oʻchirish vositalari yordamida yongʻin oʻchogʻini oʻchirish choralarini koʻrish, yongʻin xavfsizligi xizmatini chaqirish va hodisa toʻgʻrisida rahbarga xabar berishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Ishlarni balandlikda bajarishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Ishlarni balandlikda bajarish Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalari (roʻyxat raqami 1890, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 46-modda) talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Balandlikda bajariladigan ishlar uchun maxsus qurilmalar (havoza, qoʻsh oyoqli narvon, koʻchma narvon va boshqalar)dan foydalaniladi. U yoki bu qurilmalar bajariladigan ishlarning shart-sharoitlari va xususiyatlariga bogʻliq holda qoʻllaniladi. Tasodifiy tayanchlar (qutilar, gʻishtlar va boshqalar)da vaqtinchalik toʻshamalarni oʻrnatish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Yogʻoch havozalar yaproqli va igna bargli daraxt turining tolalari qiyshiq boʻlmagan, yorilmagan va koʻzsiz quruq yogʻochdan tayyorlanishi kerak. Qoʻllaniladigan taxtalarning yoʻgʻonligi 4 sm. dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Mix bilan qoqilgan, ustunlari boltlar bilan mahkamlanmagan va pogʻonalari ustunlarga oʻyib kiritilmagan yogʻoch narvon va qoʻsh oyoqli narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Yogʻoch narvonlarni shaffof lok boʻyoqlar bilan boʻyash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Koʻchma narvonlarning yerga oʻrnatiladigan pastki uchlari oʻtkir uchliklarga ega temir qoplamalar bilan qoplangan boʻlishi kerak, ulardan tekis va gʻadir-budurli (parket, plita, beton va boshqalar) pollarda foydalanilganda esa, rezina va boshqa turdagi sirpanmaydigan materialdan ishlangan boshmoqlar boʻlishi kerak. Zarurat boʻlganda narvonning yuqori uchlarida maxsus ilgaklar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Ikki tomonga ochiladigan qoʻsh oyoqli narvonlar ishlash vaqtida oʻz-oʻzidan surilib ketish ehtimolidan holi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Toʻsiqlari yoki tayanchlari boʻlmagan qoʻsh oyoqli narvonlarning hamda tirab qoʻyiladigan narvonlarning yuqoridagi ikkita pogʻonalarida ishlash, shuningdek pogʻonalarda bittadan koʻp odam turishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandlikda tirab qoʻyiladigan narvondan yoki qoʻsh narvondan boshqasiga oʻtish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Quyidagi holatlarda narvonlarda ishlash taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab turgan mashinalar, vallar hamda shkivlar, transportyorlar va boshqalarning oldida va ustida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanizatsiyalashtirilgan asbob-uskunalardan foydalangan holda (pnevmatik yoki elektr bolgʻa bilan teshik ochish) simlarni tortishda hamda yuqorida ogʻir detallarni koʻtarib turishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday ishlarni bajarish uchun maxsus havozalar yoki toʻsiqli qoʻshnarvonlardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Narvonda ish boshlashdan oldin, uning mustahkamligini taʼminlash, soʻngra koʻzdan kechirish va sinab koʻrish yoʻli bilan uning joyidan sirpanmasligiga yoki tasodifan qoʻzgʻalmasligiga ishonch hosil qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Agar narvonning yuqori qismini mustahkam qilib mahkamlashning iloji boʻlmasa, shuningdek odamlar serqatnov boʻlgan joylarda narvonning tasodifiy turtkilardan yiqilishini oldini olish uchun, uning pastki uchlaridagi metall uchliklar yoki rezinali boshmoqlarning mavjudligidan qatʼi nazar, narvonni boshqa xodim ushlab turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Balandlikda ishlash uchun pogʻonaning ikki qavat oʻrtasidagi zinapoyalariga maxsus toʻshamalar toʻshalishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlarda ishlashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlarning (bundan buyon matnda transformator deb yuritiladi) birlamchi chulgʻamlari rezina shlangga joylangan va tegishli shtepsel vilkasi (ulagich) bilan taʼminlangan, uzunligi ikki metrdan ortiq boʻlmagan shnur yordamida 127 va 220 B tarmoqqa ulanishi kerak. Rezina shlang transformator korpusiga kiritilishi va mustahkam qilib mahkamlanishi kerak. Chulgʻamning chiqishlari hamda shnurning ulanishlari kavsharlangan boʻlishi kerak. Kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan transformator chulgʻamlarining chiqishlari transformator korpusiga mahkamlangan shtepsel rozetkasiga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Koʻchma transformatorlar korpuslari yerga ulanishi lozim. Transformatorning ikkilamchi chulgʻamlari har bir chiqishlaridan biri transformatorning yerga ulovchi qisqichlariga ulanishi orqali yerga ulangan boʻlishi kerak. Transformatorlar elektr asbob-uskunalar bilan birgalikda quruq joyda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Koʻchma transformatorlarni foydalanishga qabul qilishda va kamida 12 oyda bir marta yuqori kuchlanish bilan tekshirilishi kerak. Koʻchma transformatorlar – 3 oyda bir marta, statsionar transformatorlar – 12 oyda bir marta izolyatsiya qarshiligiga tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transformatorlar korpusida navbatdagi sinov sanasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Transformatorlarning izolyatsiya qarshiligi boʻyicha sinash sinalayotgan transformatordan birlamchi chulgʻamga 1 daqiqa davomida 50 Gs chastotali kuchlanishni uzatish orqali amalga oshirilishi kerak. Bunda ikkilamchi chulgʻam qisqartirilgan va yerga ulangan korpusga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Transformatorlar izolyatsiyasining sinov kuchlanishining kattaligi quyidagicha boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi chulgʻam 127 va 220 V kuchlanishida – 1350 V, 380 va 500 V kuchlanishda – 1800 V;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat chastotasidagi elektr energiya manbai boʻlmaganda sinov 2500 V kuchlanishga moʻljallangan megommetr bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Sinov natijalari maxsus daftarlarda yoki oʻlchov bayonnomalarida qayd etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Distansion taʼminot kuchlanishini uzish va ulashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Distansion taʼminot kuchlanishini oʻz vaqtida uzib qoʻyish va ulash uchun taʼminlovchi kuchaytirish punktining boshligʻi (yoki uning oʻrnidagi xodim) javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Barcha farmoyishlar, distansion taʼminot kuchlanishini uzib qoʻyish va ulash vaqtlari taʼminlovchi kuchaytirish punkti yoki stansiyaning qayd qilish daftariga yozilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Taʼminlovchi xizmat koʻrsatiladigan kuchaytirish punkti (bundan buyon matnda XKKP deb yuritiladi) yoki oxirgi stansiyadagi distansion taʼminot texnik boshliqning farmoyishiga koʻra uzib qoʻyiladi. Kabeldagi avariya holatida distansion taʼminot kuchlanishi XKKP yoki stansiya boʻyicha masʼul navbatchi xodim tomonidan uzib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. XKKP yoki stansiyada distansion taʼminot kuchlanishini uskunadan va koaksial kabelning simmetrik signalli juftlaridan ishonchli uzib qoʻyilishini taʼminlash uchun distansion taʼminotning uzatish zanjirida tegishli yoylar yoki saqlagichlarni olib qoʻyish orqali koʻrinadigan qoʻshimcha uzilishlarni amalga oshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Distansion taʼminot kuchlanishi uzib qoʻyilgan kalit va tugmalarda “Ulanmasin! Tarmoqda ish bajarilmoqda” plakatlari osib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Osib qoʻyilgan plakatlar soni bir vaqtning oʻzida liniyada ishlayotgan brigadalarning soniga mos kelishi kerak. Qayd qilish daftarida osib qoʻyilgan plakatlar soni toʻgʻrisida belgi qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Kabeldan distansion taʼminot kuchlanishini uzishda bir vaqtning oʻzida teleboshqarish va signalizatsiya kuchlanishlari ham uzib qoʻyiladi. Shuningdek, teleboshqarish va signalizatsiya platalariga “Ulanmasin! Tarmoqda ish bajarilmoqda” plakati osib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Xizmat koʻrsatishning ikki kabelli tizimida taʼminlovchi XKKP yoki stansiya xodimlari distansion taʼminot kerakli kabeldan uzib qoʻyilganligini alohida sinchiklab nazorat qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Distansion taʼminot kuchlanishi uzib qoʻyilganidan keyin kabel yerga ulangan holda zaryadsizlantirilishi lozim. Ushbu ish dielektrik qoʻlqoplar, dielektrik kalishlarda va himoyalovchi koʻzoynaklarni qoʻllagan holda olib boriladi. Kabel kuchaytirish uchastkasining ikki tomoni zaryadsizlantirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Yuqori voltli kommutatsiya uskunasidagi qayta ulashlarni dielektrik qoʻlqoplarda, dielektrik gilamchada turgan holda yoki dielektrik kalishlarda amalga oshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Koʻchma voltmetr yoki indikator yordamida tok eltuvchi qismlarda kuchlanish yoʻqligiga ishonch hosil qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Impuls-kodli modulyatsiya apparaturasi bilan zichlangan shahar telefon stansiyasi (bundan buyon matnda SHTS deb yuritiladi) ulash liniyalari past chastotali kabellarining distansion taʼminot kuchlanishi taʼminlovchi avtomatlashtirilgan telefon stansiyalarida (bundan buyon matnda ATS deb yuritiladi), distansion taʼminotning tegishli ustunlari (bloklari va platalari)da uzib qoʻyiladi. Qoʻshimcha uzilish distansion taʼminot kuchlanishining stansion juftlardan liniya juftlariga kommutatsiyalanishiga yordam beruvchi yoylarning olib qoʻyilishi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Kabel oxirgi stansiyada va ish bajarilayotgan joyda yerga ulanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Distansion taʼminotni ulash uchun ishlarni bajaruvchi kabeldagi ishlar tugaganligi toʻgʻrisida XKKP yoki stansiyaga xabar yuborishi lozim. Distansion taʼminot kuchlanishini ulovchi XKKP yoki stansiya xodimi ish tugaganligi va distansion taʼminotni qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisidagi xabarni qayta tekshirib koʻrishi, qayta tekshirilganligini va distansion taʼminot ulangan vaqtni qayd qilish daftariga yozib qoʻyishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Plakatni osib qoʻygan (yoki uning oʻrnidagi) xodim liniyadagi ishlarning tugaganligi toʻgʻrisidagi xabar olinganidan va qayta tekshirilganidan soʻng plakatni olib qoʻyishi va kuchlanishni ulashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Liniya-batareya kommutatorlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Liniya-batareya kommutatorlari, konsentratorlarning metall karkaslari, shuningdek buzilishlarni oʻlchash asboblarining korpuslari yerga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Batareya va telegraf bokslari, ochiq tok eltuvchi qismlarga ega taqsimlash qutilari va shchitlar maxsus qopqoqlar bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Batareya kuchlanishi ostida boʻlgan uyaga bitta shtepsel bilan ulangan shnur juftlarini kommutatorlar va konsentratorlarda qoldirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Liniya-batareya kommutatorida kuchlanish shnurlar yordamida ulanganda, avval shnurning bitta shtepselini liniya uyasi (yoki asbobi)ga, boshqasini esa kuchlanishli uya (yoki asbobi)ga ulash zarur. Shnurlar yordamida kuchlanishni uzib qoʻyish oldin kuchlanish uyasidagi shtepselni keyin esa liniya uyasidagi shtepselni chiqarib olish bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Shnurlar yordamida qayta ulashlarda sim shtepselining faqat izolyatsiyalangan qismidan ushlash kerak. Shtepsellarning izolyatsiyalangan qismini mahkamlovchi vintlarning kallaklari yashirin boʻlishi va izolyatsiyalovchi modda bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Kommutatorlar va konsentratorlarning tok eltuvchi qismlarida kuchlanishning mavjudligi voltmetr yoki kuchlanish borligini koʻrsatadigan asbob bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Kuchlanish ostidagi kommutatorlar va konsentratorlarning tok eltuvchi qismlarida (taroqlar stripslarida, uyalar prujinalarida va boshqalarda) ishlar izolyatsiyalangan dastali asbob bilan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Apparat bokslaridan apparat stollariga apparat qatorlari boʻylab oʻtkazilgan simlar shunday yopilgan boʻlishi kerakki, bunda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ularga tegib ketmasligi inobatga olingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Pol ostidagi statsionar montaj tekshirilganda va shikastlanishlar tuzatilganda ochiq lyuklar vaqtincha toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Kanallarni kommutatsiya qilish sexi (uchastkasi)ga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Stativ (apparatlar oʻrnatiladigan metall konstruksiya) uskuna, kommutatorlar, koʻchma sinov asboblari, nazorat-oʻlchash asbob-uskunalari, telegraf apparatlari va chaqiruv asboblari yerga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Apparatlar ishlayotganida barcha gʻiloflar va qopqoqlar yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Stativlar, ustunlar va kommutatorlarning tok oʻtkazuvchi qismlarida bajariladigan ishlar kuchlanish uzib qoʻyilganda amalga oshirilishi kerak. Kuchlanishni uzib qoʻyish imkoniyati boʻlmasa, ishlar izolyatsiyalangan dastali asbob va dielektrik himoya vositalari yordamida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Uskunada ishlayotganda shtepsel va vilka, rele, taroqlar, chiroq tutqich kalitlari va boshqa detallarning tok eltuvchi qismlariga tegish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Kommutatsiya qilish uchun shnurli juftliklar va oʻlchash simlari toʻliq soz holatda boʻlishi kerak. Shtepsellarning izolyatsiyali vtulkalarida yoriqlar boʻlmasligi, shnurlarda esa – izolyatsiyasi ochilib qolgan joylar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Shnur va simlarni ularning izolyatsiyalangan vtulkalaridan ushlab ulash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Telegraf relelarini uyalardan chiqarish va uyalarga kiritishga faqat maxsus qisqichlar yordamida ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Stativlar, ustunlar va kommutatorlardagi uzib qoʻyadigan saqlagichlar maxsus qisqichlar yordamida almashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Stansiya stativlaridagi reostat va signal lampalarini almashtirganda yerga ulangan stativga ochiq qoʻl bilan tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Telegraf kanallari sexi (uchastkasi)ga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Sexning ustunli uskunasi, telegraf apparatlari, pultlarning korpuslari, shuningdek sinash va oʻlchash asboblarining korpuslari yerga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Taʼminotning taqsimlovchi shchiti, kabel kiritish ustuni va kanallarni kommutatsiya qilish ustuni oldida dielektrik gilamchalar toʻshalgan boʻlishi kerak. Telegraf kanallari apparatining ustunlari beton polga oʻrnatilganda, ularning oldida ham dielektrik gilamchalar toʻshalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Saqlagichlar, reostat va signal lampalarini, shuningdek elektr yoritish chiroqlarini almashtirish vaqtida asbob-uskunalarning yerga ulangan qismlariga qoʻl bilan tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Saqlagichlar oʻrniga vaqtinchalik tutashtirgichlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Tonal telegraf uskunasi va apparatlarini tozalashda izolyatsiyalangan oboymali choʻtkalardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Shnur juftliklari bilan ishlaganda shtepselning izolyatsiyalanmagan qismidan ushlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Ustunlardagi telegraf relelarining almashtirilishi maxsus izolyatsiyalangan ajratkich yoki dielektrik qoʻlqoplar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Xabarlarni kommutatsiya qilish markazlarida xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Xabarlarni kommutatsiya qilish markazlaridagi hisoblash kompleksi, aloqa kanallari bilan tutashish, magnit tasmalardagi toʻplagichlarning uchastkalarida ishlaganda ushbu Qoidalarni III bobining 2-§ talablariga rioya qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Toʻplagich va magnitli disklarda disklar paketi boʻshligʻi qopqogʻi ochiq turganida ishlash, uning toʻliq toʻxtaguniga qadar disk paketlarini olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Toʻplagich va magnitli disklar ustki qopqoqlarining ochiq holatida karetkani joyiga keltirish vaqtida mexanik uzellarni sozlash va rostlash boʻyicha har qanday ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Yozib olish va eshittirish kanallarining elektron qismlarini rostlash boʻyicha ishlarni bajarishda karetkani joyiga keltiradigan harakatlanuvchi elementlarga tasodifan tegib ketmaslik uchun ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Oʻlchash asbobini toʻplagich va magnitli disklar boshqarish qurilmasining taʼminot bloki elementlariga ulashda taʼminot kabelini uzish va kondensatorlarni zaryadsizlantirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Sinov stendida ishlaganda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stend oldida (ish joyida) dielektrik gilamchalar toʻshalgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prinsipial sxemani yigʻish, elementlarni almashtirish, ularning sozligini tekshirish stenddan kuchlanish uzib qoʻyilganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Kuchlanish mavjudligini qoʻl bilan ushlab tekshirish, prinsipial sxema elementlarining chiqishlariga tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Elektr tokini oʻzgartiruvchi (generator) xonalarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Elektr tokini oʻzgartiruvchi (generator) xonalarga xizmat koʻrsatishga ushbu uskunalarni ekspluatatsiya qilish qoidalariga oʻrgatilgan va elektr xavfsizligi boʻyicha III dan past boʻlmagan malaka guruhiga ega boʻlgan xodimlarga yoʻl qoʻyiladi. Elektr tokini oʻzgartiruvchi (generator) xonadan elektr xavfsizligi boʻyicha II dan past boʻlgan malaka guruhiga ega xodimlarning foydalanishiga faqat ushbu uskunaga xizmat koʻrsatuvchi masʼul xodim kuzatuvi ostida ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Elektr tokini oʻzgartiruvchi uskunalarga xizmat koʻrsatishda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tokini oʻzgartiruvchi uskunalarga xizmat koʻrsatishga aloqasi boʻlmagan xodimlarni ularning yaqiniga kelishlariga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tokini oʻzgartiruvchi uskunalarni qutisidagi barcha taʼmirlash ishlarini oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok kuchlanishlari oʻzgartirishda uzib qoʻyilganidan yoki taʼmirlash rubilnigi oʻchirib qoʻyilganidan keyin amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlayotgan elektr tokini oʻzgartiruvchi uskuna javonini yopiq holda saqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Profilaktika yoki joriy taʼmirlash uchun elektr tokini oʻzgartiruvchi uskuna oʻchirib qoʻyilganidan keyin taʼminot shchitida taʼmirlash rubilnigi yordamida kuchlanish olib qoʻyilishi kerak, uzgich uzatmasida “Ulanmasin! Odamlar ishlamoqda” plakati osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Uskunani taʼminlovchi tarmoqda kuchlanish yoʻqolishida avtomatik tarzda yoqilishi mumkin boʻlgan dizel qurilmasidan ham uzib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Kompensatsiyalovchi kondensator qurilmada ish bajarishdan oldin kondensatorlarni zaryadsizlash shtangasi bilan zaryadsizlantirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Elektr tokini oʻzgartiruvchi (generator) xonalarda ishlaganda metall narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Koʻchma asbob-uskunalar va tok oʻlchaydigan qisqichlar bilan oʻlchash ishlari ikkita xodim tomonidan bajarilishi kerak, ulardan biri elektr xavfsizligi boʻyicha IV dan past boʻlmagan malaka guruhiga, ikkinchisi esa III dan past boʻlmagan malaka guruhiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Batareyali kichik shchitlar, elektr tokini oʻzgartiruvchi (generator) qurilmalar va tok taqsimlovchi shchitlar oldida elektr uskuna uzunligiga mos boʻlgan dielektrik gilamchalar toʻshalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Elektr tokini oʻzgartiruvchi (generator) xonalarning shamollatish tizimi ortiqcha issiqlikning assimilyatsiya qilinishiga moʻljallanishi kerak. Oqib kelayotgan havoning miqdori soʻrib olinadigan havo miqdoriga nisbatan 1,1 koeffitsiyent bilan qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Elektr tokini oʻzgartiruvchi (generator) xonalar ishchi va avariya yoritqichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Akkumulyator qurilmalariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Statsionar akkumulyator batareyalar (kislotali va ishqorli) ular uchun maxsus moʻljallangan xonalarda oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bitta xonada joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Akkumulyator xonasi quyidagicha boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imkon qadar zaryadlovchi qurilmalarga va oʻzgarmas tokning taqsimlash shchitiga yaqin joylashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga chang, bugʻ va gazlar kirishidan, shuningdek toʻsiq orqali suv kirishidan izolyatsiyalangan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun qulay boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Akkumulyator xonasiga kirish tambur orqali amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tambur shunday oʻlchamlarga ega boʻlishi kerakki, bunda tamburdan qoʻshni xonaga kiradigan eshik yopiq turganda, akkumulyator xonasidan tamburga chiqiladigan eshik bemalol ochilib yopilishi kerak. Tambur maydoni 1,5 m.² dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tambur, akkumulyatorli va kislotali xonaning eshiklari tashqariga ochilishi va ular ichki tomondan kalitsiz ochish mumkin boʻlgan oʻzi qulflanadigan qulflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eshiklarda “Akkumulyator xonasi”, “Yongʻindan xavfli”, “Olov bilan kirilmasin”, “Chekish taqiqlanadi” yozuvlari boʻlishi kerak. Tamburning tashqi eshigi temir bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Akkumulyator xonasining yonida kislotani, separatorlarni va elektrolitni tayyorlashga kerak boʻlgan anjomlarni saqlash uchun maydoni 4 m.² dan kichik boʻlmagan alohida xona boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Akkumulyator xonasi shiftlari, odatda gorizontal va silliq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Akkumulyator xonasining pollari gorizontal, beton asosda, kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) qoplamali (choklari kislotaga chidamli materiallar bilan toʻldirilgan kislotaga chidamli keramik plitkalar, asfalt va boshqalar) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stellajlar asfalt qoplamada oʻrnatilganda kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) mustahkam materialdan ishlangan tayanch maydonchalardan foydalanish kerak. Stellajlarni bevosita asfalt qoplamaga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Akkumulyator xonasining devorlari, shiftlari, eshik va oyna romlari, shamollatish tizimi qutilari (tashqi va ichki tomondan), stellajlar, metall konstruksiyalar va boshqalar kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) boʻyoq bilan boʻyalishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Statsionar elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun qoʻllaniladigan yopiq turdagi koʻchma akkumulyatorlar, shuningdek, nominal kuchlanishi 60 V dan, sigʻimi 72 A/soat dan koʻp boʻlmagan akkumulyator batareyalari aloqa apparaturalari bilan umumiy xonalarda tortib oluvchi shamollatish tizimli maxsus javonlarda oʻrnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Akkumulyatorlarni tortib oluvchi shamollatish tizimli javonlarda joylashtirganda javonlarning ichki yuzasi kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) boʻyoqlar bilan boʻyalishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Akkumlyatorlarni oʻrnatish uchun stellajlar belgilangan talablarga muvofiq bajarilishi va sinalishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stellajlar orasidagi vertikal boʻyicha masofa akkumulyator batareyasiga xizmat koʻrsatish qulayligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Ishqorli akkumulyatorlar stellajlardan, stellajlar esa yerdan elektrolit va uning bugʻlari taʼsiriga chidamli boʻlgan izolyatsiyalovchi qistirmalar yordamida izolyatsiyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuchlanishi 48 V dan yuqori boʻlmagan akkumulyator batareyalari uchun stellajlar izolyatsiyalovchi qistirmalarsiz oʻrnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Akkumulyator batareyalariga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish yoʻlaklarining kengligi ikki taraflama joylashtirilishida 1 m. dan kam boʻlmasligi, bir taraflama joylashtirilishida 0,8 m. boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Akkumulyatorlardan isitish uskunalarigacha boʻlgan masofa kislotali akkumulyatorlar uchun – 0,75 m. dan kam boʻlmasligi, ishqorli akkumulyatorlar uchun – 1 m. boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Akkumulyatorlarning tok oʻtkazuvchi qismlari oʻrtasidagi masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65 V dan yuqori hamda 250 V gacha boʻlgan kuchlanishda – 0,8 m.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishda – 1 m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkumulyatorlarni ikki qator qilib, qatorlar oʻrtasida oʻtish yoʻlagi qoldirmasdan joylashtirilganda turli qatorlardagi yondosh akkumulyatorlarning tok oʻtkazuvchi qismlari oʻrtasidagi kuchlanish 65 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Izolyatsiyalanmagan yondosh shinalar oʻrtasidagi, shuningdek ulardan bino qismlari va yerga ulangan boshqa qismlargacha boʻlgan masofa 50 mm. dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Shinalar izolyatorlarda yotqizilishi va ularda shina ushlagichlar bilan mahkamlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istalgan profildagi shinalarning tayanch nuqtalari orasidagi masofa 2 m. dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Akkumulyatorli va kislotali xonalar havo oqimini tortib oluvchi-soʻruvchi statsionar mexanik qoʻzgʻatgichli shamollatish tizimi bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, akkumulyatorli va kislotali xonalarni shamollatish uchun bir soatda havoni kamida bir karra almashishini taʼminlovchi tabiiy tortib oluvchi shamollatish tizimi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Shamollatish tizimi kislotali va ishqorli batareyalar uchun alohida jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkumulyator xonasi shamollatish tizimlarining uzib-ulagichlari tashqarida, xonaga kiraverishda joylashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaryadlovchi toʻgʻrilagich bilan akkumulyator xonasining havo oqimini tortib oluvchi shamollatish tizimi bilan blokirovkalangan ulanishi va shamollatish tizimi ishlamaganda uning avtomatik tarzda oʻchirilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Sigʻimi 500 raqamgacha boʻlgan ATSlarda, jumladan yopiq akkumulyatorlar bilan jihozlangan akkumulyator xonalarida havo almashish hajmi soatiga ikki karrali boʻlgan tabiiy shamollatishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Akkumulyatorli va kislotali xonalar shamollatish tizimini moʻrilarga yoki binoning umumiy shamollatish tizimiga ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gazlarning chiqarilishi bino tomidan kamida 1,5 m. balandlikka koʻtarilgan shaxta orqali amalga oshirilishi kerak. Shaxta atmosfera yogʻinlari tushishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Tortib oluvchi shamollatish tizimlarining uskunasi izolyatsiyalangan xonada joylashgan va portlashdan xavfsiz qilib bajarilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Gazlarning tortib olinishi binoning yuqori qismidagi kabi, pastki qismidan ham toza havo oqimiga teskari boʻlgan tomondan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shift turtib chiquvchi konstruksiyaga ega yoki nishab boʻlsa, bu holda har bir boʻlmadan yoki ship ostidagi boʻshliqning yuqori qismidan mos ravishda havoning soʻrib olinishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shamollatish tizimi teshiklarining yuqori qirralaridan shipgacha boʻlgan masofa 100 mm. dan koʻp boʻlmasligi, pastki shamollatish teshiklarining pastki qirralaridan polgacha boʻlgan masofa esa 300 mm. dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ventilyatsiya kanallaridan kelayotgan havo oqimi bevosita akkumulyatorlarning elektroliti yuzasiga yoʻnaltirilgan boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metall ventilyatsion qutilar akkumulyatorlar tepasida joylashtirilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Akkumulyator xonasining shamollatish tizimi 25°C dan yuqori boʻlmagan haroratni, pol sathidan 1,5 m. balandlikda sulfat kislota aerozolining yoʻl qoʻyilgan chegaraviy konsentratsiyasi 1 mg/m.³ boʻlishini, tarkibidagi vodorod hajmga koʻra 0,7 foizdan koʻp boʻlmasligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Akkumulyator xonasini isitishni ushbu xonadan tashqarida joylashtirilgan shamollatish kanali orqali issiq havo uzatuvchi kalorifer qurilmasi yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi, elektr isitishdan foydalanilganda kanal orqali uchqunlar kirishiga qarshi choralar koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugʻ yoki suv bilan isitish tizimi oʻrnatilganda, u akkumulyator xonasi doirasida payvandlab biriktirilgan silliq quvurlardan bajarilgan boʻlishi kerak. Flanetsli tutashishlar va ventillarning oʻrnatilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Akkumulyatorli va kislotali xonalardagi barcha quvurlar va isitish asboblariga kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) qoplama bilan ishlov berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Akkumulyator batareyalarini tabiiy yoritilgan xonalarga oʻrnatish lozim. Akkumulyatorli va kislotali xonalarning derazalariga yaltiramaydigan yoki oq boʻyoq bilan qoplangan shisha qoʻllanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Akkumulyatorli va kislotali xonalar portlashdan himoyalab ishlangan yoritqichlar qoʻllanilgan ishchi va avariyaviy yoritishlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoritish simlari oʻrnatilgan akkumulyatorlarning turiga bogʻliq holda kislotaga yoki ishqorga chidamli qobiqdagi simlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Yoritqichlarni akkumulyator batareyalarining tepasiga joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulab-uzgichlar, shtepsel rozetkalari va saqlagichlar akkumulyator xonasidan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Akkumulyatorlarni koʻzdan kechirish uchun kuchlanishi 42 V dan yuqori boʻlmagan, himoyalovchi setkali koʻchma germetik lampadan yoki akkumulyatorli fonardan foydalaniladi. Lampa shnuri rezinali shlang ichiga joylangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Kislota, ishqor yoki elektrolit bilan faqat rezinali qoʻlqop va kalishlarda, rezinalangan fartuk va kislotaga chidamli modda shimdirilgan ip-gazlama kostum (kislotali akkumulyatorlar uchun) hamda himoyalovchi koʻzoynaklarda ishlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Akkumulyatorlar xonasida sovun, paxta va sochiq, kislotali batareyalar ekspluatatsiya qilinganda yopiq idishda ichimlik sodasining 5–10 foizli neytrallashtiruvchi eritmasi (bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi), ishqorli batareyalar ekspluatatsiya qilinganda yopiq idishda bor kislotasining 5–10 foizli eritmasi (bir stakan suvga bir choy qoshiq bor kislotasi) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻzlarni yuvish uchun kuchsizroq 2–3 foizli neytrallashtiruvchi eritmalardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Elektrolitli, distillangan suvli, sodali eritma yoki bor kislotali eritma solingan barcha idishlarda aniq yozuvlar (nomlar) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yopiq qutida yetarli miqdorda lattalar va qirindilar saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Kislota yoki ishqorlar tananing ochiq joylariga tushganda tananing zararlangan qismini darhol 10–15 daqiqa ichida tez oqar suv oqimi bilan yaxshilab yuvish zarur. Bundan soʻng tananing zararlangan qismiga neytrallashtiruvchi (soda yoki bor kislotasi) eritma bilan hoʻllangan paxta qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Stellajlarga toʻkilgan elektrolitni neytrallashtiruvchi eritmada hoʻllangan latta bilan artib olish kerak. Polga toʻkilgan elektrolit avval qirindilar yordamida toʻplab olinadi, keyin polning ushbu joyi neytrallashtiruvchi eritma (soda yoki bor kislota) bilan hoʻllanishi va quruq lattalar bilan artib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Kislota maxsus savatlarda (obreshyotka) joylashgan butilkalarda saqlanishi kerak. Kislotali butilkalar polda bir qator qilib joylashtirilishi kerak. Kislotalardan boʻshagan butilkalar ham shu tarzda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Kislotali butilkalar oʻrtasida teshigi boʻlgan, butilka savat (yoki quti) bilan birga oʻz balandligining uchdan ikki qismi baravarida sigʻishi kerak boʻlgan maxsus savatlar oʻrnatilgan zambillarda, ikki kishi tomonidan yoki maxsus aravachalarda tashilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kislotali butilkalarni qoʻlda yoki orqalab tashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Kislotali elektrolitlarni tayyorlash uchun ebonit idishlar (baklar)dan yoki ichi qoʻrgʻoshin bilan qoplangan yogʻoch idishlardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ishqorli elektrolitni tayyorlash uchun temir yoki choʻyandan ishlangan idishlardan foydalanish mumkin. Elektrolitlarni shisha idishlarda tayyorlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Kislotali elektrolitlarni tayyorlashda kislota 1-2 l. hajmli shisha yoki chinni krujkadan ingichka oqimda sekin-asta (elektrolitning tez qizib ketishini oldini olish maqsadida) distillangan suvli idishga quyilishi kerak. Bunda elektrolitni doim aralashtirib turish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrolitni kislotaga suv quyish yoʻli bilan tayyorlash taqiqlanadi. Elektrolitning harorati 50°C dan oshishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Harorat 50°C dan oshib ketganda elektrolitli idishni sovutish, polni hoʻllash va xonani tezlik bilan shamollatish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Ishqorni qattiq holatda va suvli eritma koʻrinishida tashish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qattiq ishqor (oʻyuvchi kaliy yoki oʻyuvchi natriy)ni faqat qisqich yoki pinset bilan olishga ruxsat etiladi. Ishqorni qoʻl bilan olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Qattiq ishqor boʻlaklarini parchalaganda mayda siniqlarining koʻzga va teriga tegishini oldini olish uchun ularni toza mato bilan qoplash va ularni toʻplash uchun maxsus kurakchadan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. Ishqorli elektrolitni hosil qilishda qattiq ishqor suvli idishga solinadi yoki tayyor eritma metall yoki shisha tayoqcha bilan quyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270. Shikastlanishlarning oldini olish uchun tayyor ishqor tarkibli flakonlarni kuch sarflamasdan ehtiyotkorlik bilan ochish kerak. Bunda flakonlarning ogʻzini issiq suvda hoʻllangan latta bilan isitib ochish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Elektrolit yoki distillangan suvni akkumulyatorga rezina sharli sifon, rezinali grusha, shisha yoki chinnidan ishlangan krujka yordamida quyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkumulyator 10°– 30° C haroratli elektrolit bilan toʻldirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkumulyatordagi elektrolitni rezinali grusha yordamida almashtirish kerak. Ifloslangan elektrolitni maxsus oldindan tayyorlab qoʻyilgan idishga toʻkish kerak. Ifloslangan elektrolitni kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Akkumulyator xonasining shamollatish tizimi har safar akkumulyator xonasiga kirishdan oldin, shuningdek akkumulyatorlarni zaryadlashdan oldin yoqilishi va barcha gazlar chiqarib yuborilganidan keyin oʻchirilishi kerak, biroq zaryad tugaganidan keyin 90 daqiqadan oldin oʻchirilmasligi kerak. Akkumulyator batareyalari doimiy zaryadlash usulida ekspluatatsiya qilinganida xonani shamollatish vaqti-vaqti bilan (mahalliy sharoitlarga bogʻliq holda) amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273. Akkumulyator xonasida ishlaganda, batareyalar zaryadlanayotganda yoki yigʻilayotganda respiratorlardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaryadlash vaqtida elektrolitning harorati 40°C ga yetganda zaryadlashni toʻxtatish zarur, shuningdek zaryadlash tok kuchini harorat koʻtarilishiga yoʻl qoʻymagan holda kamaytirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274. Akkumulyator xonasida plastinalarni kavsharlash ishlariga quyidagi sharoitlarda yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaryadlash tugaganidan soʻng kamida ikki soatdan keyin kavsharlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavsharlash vaqtida qoʻrgʻoshin bugʻlarining 0,01 mg/m.³ dan yuqori boʻlmagan konsentratsiyasini taʼminlaydigan uzluksiz shamollatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kavsharlash joyi qolgan batareyalardan oʻtga chidamli shchitlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plastinalarni kavsharlash ishlarini faqat respiratorlarda bajarishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275. Xonadagi havoning sulfat kislota bugʻlari bilan ifloslanish darajasini kamaytirish uchun akkumulyatorlarning elektrolit oynasi tegishli oʻlchamlardagi oynalar bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
276. Akkumulyatorlar joylashgan stellajlar orasidagi oʻtish yoʻlaklarida buyum va materiallar boʻlmasligi kerak (taʼmirlash ishlari bajariladigan davr bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
277. Elektrolitning gazlari akkumulyator xonasidan ishlab chiqarish xonalariga kirmasligi uchun tambur va akkumulyator xonalarining eshiklari zich yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
278. Akkumulyator xonasida chekish, unga ochiq olov bilan kirish, uchqun chiqarishi mumkin boʻlgan asbob-uskunalardan foydalanish taqiqlanadi (plastinalarni kavsharlash bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
279. Akkumulyator xonasida oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini saqlash hamda isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
280. Akkumulyator xonasida ish tugaganidan soʻng yuz va qoʻllar sovun bilan tozalab yuvilishi, soʻngra qoʻllar uksus kislotasining 1 foizli eritmasi bilan chayilishi, shuningdek ogʻiz boʻshliqlari suv bilan chayilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Ishlab chiqarish uskunalariga va boshqalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281. Telefon va telegraf stansiyalarida oʻrnatiladigan ishlab chiqarish uskunalari xavfsizlik boʻyicha GOST 12.2.003 talablari, uskunalarga qoʻyiladigan texnik shartlar talablariga muvofiq kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282. Ish joylari qulay joylashuvi, texnik estetika va ergonomika talablariga mos ravishda taʼminlashi lozim. Shuningdek, xodimlar tomonidan harakat qilishda va ishlarni bajarishda qulayliklarni hisobga olgan holda GOST 12.2.032 va GOST 12.2.033 talablariga mos ravishda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Kirish-kommutatsiya uskunasiga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
283. Kross karkasining oʻtkir burchaklari xizmat koʻrsatuvchi xodimlar jarohatlanishining oldini olish uchun uning burchaklari yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
284. Distansion taʼminotli kabelning past chastotali va yuqori chastotali juftliklari kavsharlanadigan kirish-kommutatsiya uskunasi (bundan buyon matnda KKU deb yuritiladi) ramkalari (past chastotali zanjirlar uchun kross ramkalari, IKM va boshqa uskunalarning yuqori chastotali zanjirlari uchun liniyali uzatish shchiti ramkalari) ikki tomonidan qizil boʻyoq bilan boʻyalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
285. Distansion taʼminotli kabellar kiritiladigan KKUning yuza va montaj qilinadigan tomonlari (kross yacheykalari, liniyali uzatish shchiti va boshqalar) oldiga dielektrik gilamchalar qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
286. Elektr uzatish liniyalari (EUL) bilan kesishgan joylari boʻlgan abonentlik havo aloqa liniyalarining varaqchalari (TSH-2/2 shakl)da bu haqda tegishli belgi qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
287. KKU ramkalarida krosslash, oʻlchash va boshqa ishlar bajarilganda, dastlab voltmetr yoki kuchlanishni koʻrsatadigan izolyatsiyalangan dastali asbob yordamida boshqa kuchlanish yoʻqligini tekshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
288. Ulovchi va abonent liniyalariga boshqa kuchlanish tushib qolgan hollarda ularni stansiya uskunasidan ajratkich (fibrali qistirma yoki izolyatsiya materialidan tayyorlangan vilka) yordamida uzib qoʻyish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
289. Krossga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar telefon liniyasida boshqa kuchlanish mavjudligi toʻgʻrisida liniya elektromontyorini ogohlantirishga majburdirlar. Shikastlanish bartaraf etilgandan soʻng aloqa liniyalarida boshqa kuchlanishning yoʻqligini voltmetr yoki kuchlanishni koʻrsatadigan izolyatsiyalangan dastali asbob bilan tekshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
290. Kross va kirish kommutatsion qurilmadagi termik gʻaltaklar, ATS-50/200M kirish kommutatsion qurilmadagi PS-0,25 saqlagichlar va boshqalar telefon liniyasi simlarining elektr tarmogʻi simlari bilan aloqasi bartaraf etilganidan soʻng almashtiriladi. Termik gʻaltaklar va saqlagichlar almashtirilguniga qadar telefon liniyasini stansiya uskunasidan uzib qoʻyuvchi ajratkichni olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291. KKUda krosslash ishlarini bajarishda izolyatsiyalangan dastali asboblardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Shaharlararo telefon stansiyalari, liniyali-apparat sexlari va kuchaytirish punktlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
292. Kirish-kommutatsiya uskunasi, distansion taʼminot kuchlanishi uzatiladigan ustunlar, kuchlanishning avtomat rostlagichlarida ishga tushirilgan anodli rostlagich mavjud boʻlgan ustunlari, tok taqsimlovchi ustunlarning oldiga dielektrik gilamchalar toʻshalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293. Taʼminot zanjirlaridagi kommutatsiya qilish uchun qoʻl bilan ushlanadigan qismi izolyatsiyalangan qoplamali yoylar yoki izolyatsiyalovchi korpusda ikki juftli vilkalar qoʻllanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Distansion taʼminot kuchlanishi ostidagi kirish-kommutatsiya uskunasining shtivlari izolyatsiyalangan trubkalarga kiritilgan boʻlishi, uyalari esa himoyalovchi izolyatsiyalangan qopqoqlar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni elektr toki urish xavfi mavjudligi toʻgʻrisida ogohlantirish uchun KKUning qopqoqlarida, shuningdek distansion taʼminot kuchlanishi oʻtkazilgan uskunaning gʻiloflariga elektr kuchlanish belgisi tushirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295. Shikastlanishlarni bartaraf etish yoki tekshirish uchun ish joylaridan taʼminlash bloklari yechib olinayotganida ushbu bloklarning filtr kondensatorlari oldindan zaryadsizlantirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
296. Distansion taʼminot zanjirlaridagi yoylarni olib tashlash va oʻrnini almashtirishni dielektrik qoʻlqoplarda, dielektrik gilamchada turgan holda yoki dielektrik kalishlarda amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
297. Uzatish tizimi apparaturasining taʼminot tarmogʻi zanjirlaridagi saqlagichlarni almashtirish va ularning eruvchan qoʻyilmalarini almashtirishda ehtiyot choralariga rioya qilish, tok oʻtkazuvchi qismlarga va ochiq holdagi apparatiga tegmaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
298. Elektr uzatish liniyalarining xavfli taʼsiri ostida boʻlgan havo aloqa liniyalari zanjirlarining elektr tokini oʻlchash va shikastlangan joylarini aniqlash ishlari kamida ikkita xodim ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Induksiyalangan xavfli kuchlanish ostidagi kabel simlariga oʻlchash asbobini ulash va uzish dielektrik qoʻlqoplar va kalishlarda (yoki izolyatsiyalovchi asosda turgan holda) bajarilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299. Havo aloqa liniyalarining simlarida boshqa yuqori kuchlanish aniqlanganda aloqani uzatishni kuchaytirish punkti yoki shaharlararo telefon stansiyasining xodimlari bu toʻgʻrisida aloqani uzatishni kuchaytirish uchastkasining boshqa tomonidagi dispetcherini va xodimlarini ogohlantirish hamda yuqori voltli liniyadan kuchlanishni uzib qoʻyish uchun tegishli energiya tizimlarining dispetcherlari orqali choralar koʻrishi, aloqa liniyalaridagi shikastlanishlarni bartaraf etish vaqtida esa “Yuqori kuchlanish. Hayot uchun xavfli” plakatini osib qoʻyishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Kommutator, avtomatik va yarim avtomatik aloqa sexlarida xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300. Profilaktika ishlarini oʻtkazishda asbob-uskunalarni elektr tokidan uzib qoʻyish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
301. Elektr toki taʼminot ustunlarining oldida dielektrik gilamchalar toʻshalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302. Uskunadan plata yechib olinayotganida ishga tushiruvchi kolodkalarni yuqoridagisidan boshlab birma-bir uzish lozim. Ulash esa teskari tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303. Asbob-uskunalarning tok oʻtkazuvchi qismlaridagi kuchlanishning mavjudligini voltmetr yoki kuchlanishni koʻrsatadigan izolyatsiyalangan dastali asbob bilan tekshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
304. Kommutatsion koʻchma shnurlar bilan ishlaganda shnur shtepselining izolyatsiyalangan qismlaridan ushlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305. Kommutatorlar va stativlardagi signal lampalarini almashtirishda uskunaning yerga ulangan metall qismiga boʻsh qoʻl bilan tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306. Xodimlarni akustik zarbalardan himoya qilish uchun mikrotelefon garnituralari telefoniga parallel ravishda akustik zarba cheklagichlari (fritterlari) ulanishi kerak. Shuningdek, telefon aloqasi soʻzlashuv punktlarining telefon apparatlari akustik zarba cheklagichlariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Mahalliy telefon stansiyalarida xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
307. ATS zallaridagi taʼminlovchi shinalar yaqinida qoʻsh narvonlarda ishlaganda taʼminlash shinalari va boshqa tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
308. Stativdan asbob-uskuna uzib qoʻyilganda uning kontakt maydonini tozalash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309. Uskunalarni tozalashda spirtdan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maqsadlar uchun benzindan foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
310. Koordinatali tizimning ATS avtomat zalida elektr boshqaruv mashinasining (EBM) yozib oluvchi qurilmasi oldida dielektrik gilamcha toʻshalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311. ATSdagi koʻp karrali koordinatali ulagich qopqoqlarini yondosh ulagichlardan xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga tegishini oldini olgan holda ehtiyotkorlik bilan olib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
312. Shchitlar koordinatali uskuna stativlarining montaj qilinadigan tomonidan oʻrnatilganda shchit pazga zich kirganligi va unga mahkamlanganligiga ishonch hosil qilish kerak. Shchitni yechib olishda tushib ketmasligi uchun uni ikkita qoʻl bilan ushlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313. ATSdagi oddiy saqlagichlarni 63 A va 25 A saqlagichlarga almashtirishni barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Raqamli kommutatsiya va uzatish tizimlari hamda modullar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
314. Tarkibida elektr statik kuchlanish taʼsirchan boʻlgan komponentlari bor modullar bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315. Xodimlar sintetik kiyim va plastik tagcharmli poyabzaldan foydalanmasliklari kerak, chunki bu elektrostatik zaryad yigʻilishini kuchaytiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
316. Modullar bilan ishlashdan oldin xodimlar elektr statik kuchlanishni zaryadsizlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
317. Modullarning quyma oʻtkazgichlari va komponentlariga tegish taqiqlanadi. Modullarni faqat chetlaridan ushlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
318. Uzib qoʻyilgan modullar bilan kontaktlanadigan barcha asbob-uskunalardan, oʻlchov asboblari va metall buyumlardan foydalanishdan oldin ularni zaryadsizlantirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
319. Saqlagichlar faqat xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan almashtiriladi. Foydalanishda ruxsat etilgan saqlagichlargina qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
320. Uzatish tizimlari apparaturalariga xizmat koʻrsatishda ularning texnik hujjatlarida bayon qilingan xavfsizlik talablariga amal qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Ish joylaridan taʼminot bloklari yechib olinayotganida shikastlanishlarni bartaraf etish yoki tekshirish uchun ushbu bloklar filtrlarining kondensatorlari oldindan zaryadsizlantirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322. Distansion taʼminot zanjirlaridagi yoylarni olish va oʻrnini almashtirishni dielektrik qoʻlqoplarda, dielektrik gilamcha ustida turgan holda yoki dielektrik kalishlarda bajarish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Telegraf stansiyalari va telegraf apparatlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
323. Telegraf apparatlarining korpuslari yerga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
324. Apparat shnurlari rezinali shlanglarda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325. Telegraf apparatini oʻchirayotganda taʼminot shnurining vilkasidan ushlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
326. Elektr dvigatelning choʻtkasini yoki apparat rostlagichini almashtirishda uning motor va liniya zanjirlari uzib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
327. Apparat qabul qilgichni klaviatura platasidan yechib olishga va uni plataga oʻrnatishga kuchlanish uzib qoʻyilgandagina ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
328. Ish vaqtida apparatlardan gʻiloflarni yechish va apparatning kuzatish oynasiga ega apparat gʻilofining qopqogʻini koʻtarilgan holda qoldirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329. Motorli batareyaning saqlagichlarini, chaqiruv asboblari va signal lampalarini (apparat stollarida oʻrnatilgan) almashtirishda apparat stolining metall (yerga ulangan) karkasiga qoʻl bilan tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
330. Uzatkichning, shuningdek apparatlar avtomatik toʻxtatish tugmachasining kontaktli prujinalarini izolyatsiyalangan dastali asboblar yordamida rostlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331. Oʻramli tasma va perfotasma, qogʻozli tasmaning yoritish lampasi hamda belgilar hisoblagichi signal lampasining almashtirilishi kuchlanish uzib qoʻyilganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
332. Apparat shchitlarining liniya-batareyali va motorli klemmalari apparatlarning ish joylarida izolyatsiyalovchi materialdan ishlangan gaykalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333. Apparatlarni apparat sexlari boʻylab va rostlash ustaxonasiga tashish uchun maxsus aravachalardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
334. Telegraf apparatini aravachaga yuklash va uni tushirish ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Telegraf stansiyalarining kodli kommutatsiya apparatiga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335. Tasmani oʻrash uchun moʻljallangan avtokonsolni stolning chetidan tashqariga surib chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336. Stollarning surib chiqarilgan qopqoqlaridagi telegraf apparatlari va transmitterlarida ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
337. Stolning ikkinchi qavatida joylashgan telegraf apparatlari va transmitterlar bilan ishlaganda maxsus skameykalardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
338. Tashish vaqtida T-50 transmitterining kontakt prujinali kolodkasidan ushlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
339. Elektromexanik taqsimlagich va T-50 transmitterining choʻtkalarini faqat ulardan kuchlanish uzib qoʻyilgandan soʻng almashtirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
340. Kirish-kommutatsiya shchitidagi saqlagichlarni almashtirishni tok oʻtkazuvchi qismlarga tegmasdan amalga oshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
341. Kodli registr stoli, uzatishni nazorat qilish stoli va yuklanishni toʻgʻrilovchi stollarida mahkamlangan klemmali paneldagi oʻtkazgichlarni mahkamlovchi gaykalarni burab chiqarishda izolyatsiyalangan dastali maxsus kalitni qoʻllash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
342. Kommutatsiya maydonlarida shnurli juftliklar bilan ishlaganda shtepselning izolyatsiyalanmagan qismidan ushlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343. Saqlagichlarni, reostat va signal lampalarini, shuningdek elektr yoritish lampalarini almashtirishda asbob-uskunalarning va apparaturaning yerga ulangan qismlariga qoʻl bilan tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
344. Kuchlanish ostidagi stativlar, ustunlar va kommutatorlarning tok oʻtkazuvchi qismlarida ishlarni bajarish zarur boʻlgan hollarda izolyatsiyalangan dastali asboblar va dielektrik himoya vositalari qoʻllanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Izolyatsiyalangan dastali asboblar bilan bajariladigan ishlarda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
345. Izolyatsiyalangan dastali asboblar bilan ishni boshlashdan avval uning toʻliq sozligiga (bolgʻa, bosqon, bolta va boshqalar) toʻliq ishonch hosil qilish zarur. Lomlar toʻgʻri uchlari choʻzilgan va charxlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
346. Bosqon va bolgʻalar uriladigan qismining yuzasi tekis, qiyshaymagan, sinmagan, oʻyiqlar, yoriqlar va gʻadir-budurlarsiz ozgina qavariq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
347. Bolgʻa, bosqon va boshqa zarb beriladigan asboblarning dastalari qattiq va qayishqoq (qizil, qora qayin, yongʻoq, grab, qayin va boshqalar), koʻz va buralmalarsiz, silliq yuzali quruq yogʻochdan yasalgan va poʻlat ponalar bilan ponalangan boʻlishi kerak. Yumshoq va yirik qatlamli daraxt turlari (archa, qaragʻay va boshqalar)dan yasalgan dastalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Dastalar toʻgʻri boʻlishi koʻndalang kesimida esa oval shaklga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
348. Asbobni siltaganda hamda zarbalarda dastasi qoʻldan sirgʻanib chiqib ketmasligi uchun dastaning boʻsh uchi bir muncha yoʻgʻonroq boʻlishi kerak (bosqonlar bundan mustasno). Bosqon dastasi boʻsh uchiga qarab bir muncha toraygan boʻlishi kerak. Asbobni dastaga mahkamlash uchun ponalar yumshoq poʻlatdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
349. Asbobning uchli dum qismiga oʻrnatilgan dastalar bandajli xalqalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
350. Zarb beriladigan asboblar (zubilo, teshib oʻtgich, kern va boshqalar) yoriqlarsiz, gʻadir-budurlarsiz, parchinlab ulangan joylarisiz tekis qismga ega va qiyshaymagan boʻlishi kerak. Ularning ishlatiladigan uchlari shikastlangan boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351. Zubilo 150 mm. dan kalta boʻlmasligi, uning tortilgan qismi uzunligi 60 —70 mm. boʻlishi kerak. Zubiloning oʻtkir uchi 65° — 70° burchak ostida charxlangan boʻlishi, kesuvchi qirrasi toʻgʻri yoki salgina doʻngroq chiziq koʻrinishida boʻlishi, shuningdek qoʻl bilan ushlanadigan joydagi yon chekkalarida oʻtkir qirralar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
352. Zubilo va boshqa izolyatsiyalangan dastali asboblar bilan ishlashda ishchilar metallarni qirqish vaqtida shishalari sinmaydigan saqlovchi koʻzoynaklar va ip-gazlamali qoʻlqoplar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Bosqonlar yordamida ponalar va zubilolar bilan ishlashda uzunligi 0,7 m. dan kam boʻlmagan dastali pona ushlagichlar qoʻllanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
353. Otvyortkalarning tigʻi vint kallagi kesimiga oraliq qoldirmay kirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354. Gayka kalitlari gayka va bolt kallaklarining oʻlchamiga qatʼiy mos kelishi kerak. Ularning ishchi yuzalari qiyshiq, charxlanmagan, dastalari esa gʻadir-budur boʻlmasligi kerak. Boltlar yoki gaykalarning tishlari va kallaklarining yuzalari orasida oraliq mavjud boʻlganda qistirmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Gayka kalitlarini ikkinchi kalit yoki trubalar bilan uzaytirish yoʻli bilan gayka va boltlarni burab chiqarish va burab qotirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355. Ish joyidagi asbob-uskunaning holati uning dumalab yoki tushib ketishini oldini olishi kerak. Asbob-uskunani toʻsiq suyanchiqlari, maydoncha, havozalar va taxta toʻshamalarning toʻsilmagan chetlariga qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
356. Izolyatsiyalangan dastali asboblardan foydalanganda barmoqlarning metall qismlar yoʻnalishiga qarab sirpanib ketishining oldini oluvchi tirgak va doʻnglikdan ushlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
357. Dielektrik gʻilof yoki qoplamalari dastalarga zich yopishmagan, gʻovaklar, qatlamlarga ajralishlar, yoriqlar, kavaklar va boshqa shikastlanishlari boʻlgan izolyatsiyalangan dastali asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
358. Izolyatsiyalangan dastali asboblar yopiq xonalarda tokcha yoki stellajlarda saqlanishi, isitish asbob-uskunalariga tegmasligi va quyosh nuri hamda namlikdan himoyalangan boʻlishi kerak. Atrof-muhitda kislota, ishqor va boshqa agressiv modda bugʻlari boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
359. Izolyatsiyalangan dastali asbob uning sozligi va qoʻllashga yaroqliligini taʼminlovchi shartlarga rioya qilgan holda ish joylariga tashilishi va olib borilishi kerak, yaʼni u ifloslanish, namlanish va mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
360. 0,7 kg-kuch/sm.² dan yuqori bosim ostida ishlovchi idishlar (gidrostatik bosimni hisobga olmagan holda) va siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlarni 0,7 kg-kuch/sm.² dan yuqori bosim ostida tashish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus ballonlar bosim ostida ishlaydigan idishlarni oʻrnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga muvofiq ishlab chiqarilishi va ekspluatatsiya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
361. Tashkilot rahbariyati idishlarni xizmat koʻrsatish xavfsizligini, soz holatini va ularning ishonchli ishlashini taʼminlagan holda bosim ostida ishlaydigan idishlarni oʻrnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga muvofiq saqlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362. Ish paytida idish va uning elementlarini taʼmirlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Kompressorlar va yuqori bosimli ballonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
363. Bosim ostida ishlaydigan barcha apparat va idishlar manometr, saqlovchi klapanlar va reduktorlar bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
364. Havo kompressorlari havo toʻplagichda plombalangan manometrlar va saqlovchi klapanlar bilan hamda siqishning ikkala bosqichlarida soʻruvchi patrubokda moy ajratkichlar va havo filtrlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
365. Kompressor ishlayotganida bosimni har bir manometrning shkalasidagi qizil chiziq bilan belgilangan chegaraviy qiymatdan oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
366. Manometrlarni tekshirish bilan birga ularni plombalash yoki tamgʻalash ishlari kamida 12 oyda bir marta amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, ishchi manometrlarni nazorat manometri bilan kamida olti oyda bir marta qoʻshimcha tekshirib, tekshirish natijalarini nazorat tekshiruvlarini qayd etish daftariga qayd etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat manometri yoʻqligida qoʻshimcha tekshiruvni tekshirilgan ishchi manometr bilan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
367. Ekspluatatsiyada boʻlgan ballonlar kamida besh yildan keyin davriy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statsionar, shuningdek doimiy koʻchma vositalarda oʻrnatilgan, siqilgan havo, kislorod, argon, azot va geliy saqlanadigan ballonlar va ballon-idishlar 150 kg-kuch/sm.² va undan yuqori bosimda oʻlchangan, shabnam nuqtasidagi harorati 35oS va undan past boʻlgan, shuningdek, suvsizlantirilgan uglekislotali balonlar 10 yildan keyin texnik tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
368. Ballonlarning davriy tekshirilishi toʻldiruvchi zavodlarda yoki toʻldiruvchi stansiyalarda (sinov punktlarida) tashkilot boʻyicha buyruq bilan ajratilgan, ushbu zavod (toʻldiruvchi stansiya)larning xodimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
369. Xonalarda oʻrnatiladigan gazli ballonlar isitish radiatorlari va boshqa isitish asboblari hamda pechlardan 1 m. dan kam boʻlmagan masofada, ochiq alangali isitish manbalaridan esa – 5 m. dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
370. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan koʻp boʻlmagan payvandlash joylari mavjudligida, har bir joyda bittadan kislorodli va atsetilenli zaxira ballonlari boʻlishi lozim. Zaxira ballonlari poʻlat shchitlar bilan toʻsilgan yoki ustaxonaga qoʻshimcha qurilgan maxsus xonalarda saqlanishi kerak. Ustaxonalarda 10 tadan ortiq payvandlash joylari mavjud boʻlganda markazlashgan gaz taʼminoti tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
371. Ballonlardan gazning kam bosimli sigʻimlarga chiqarilishi faqatgina ushbu gaz uchun moʻljallangan va muvofiq rangga boʻyalgan reduktor orqali amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reduktorning past bosimli kamerasi manometr hamda gaz qayta kiritiladigan sigʻimning ruxsat etilgan tegishli bosimiga rostlangan prujinali saqlovchi klapanga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
372. Ventillarning nosozligi tufayli ballonlardagi gazni isteʼmol qilish joyiga chiqarish imkoni boʻlmaganda ular toʻldiruvchi stansiyaga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
373. Ballonlar (boshmoqlar va qopqoq halqalarini qayta oʻrnatish) va ventillarning taʼmirlanishi toʻldiruvchi zavodlarda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
374. Kislorodli va yonuvchi gazli ballonlarni omborxonaning bitta xonasida saqlash man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
375. Boshmoqlarga oʻtkazilgan, toʻldirilgan ballonlar vertikal holatda saqlanishi kerak. Ballonlarni yiqilishdan saqlash uchun maxsus jihozlangan joylarga oʻrnatilishi yoki toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
376. Boshmoqlari boʻlmagan ballonlar gorizontal holatda yogʻoch rom yoki stellajlarda saqlanishi mumkin. Ochiq maydonchada saqlaganda boshmoqli ballonlarni gorizontal qatorlar orasiga arqon, yogʻoch toʻsinlar yoki rezina qistirmalar qoʻygan holda taxlab joylashtirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377. Ballonlarni taxlab joylashtirganda ularning balandligi 1,5 m. dan oshmasligi kerak. Ballonlarning ventillari bir tomonga qaratilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
378. Ballonlarning bir joydan boshqa joyga koʻchirilishi buning uchun maxsus moslashtirilgan aravachalar va boshqa qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
379. Gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni tashish ressorli transportda yoki avtokranlarda gorizontal holatda amalga oshirilishi kerak, ballonlar orasiga qistirmalar qoʻyilishi shart. Qistirmalar sifatida ballonlar uchun kesilgan yogʻoch toʻsinlar, shuningdek qalinligi 25 mm dan kam boʻlmagan arqonli yoki rezinali halqalar (bitta ballonga ikkitadan halqa) yoki ballonlarni oʻzaro urilishidan saqlovchi boshqa qistirmalar qoʻllanilishi mumkin. Tashish vaqtida barcha ballonlar ventillari bir tomonga qaratib joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
380. Ballonlarni maxsus konteynerlarda, shuningdek konteynerlarsiz vertikal holatda tashishga ruxsat etiladi, ularning orasiga qistirmalar hamda agʻdarilish ehtimolining oldini oluvchi toʻsiqlar qoʻyilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
381. Ballonlarni yuklash, tushirish, tashish va saqlashda ballonlarning agʻdarilishi, shikastlanishi va ifloslanishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
382. Sigʻimi 12 l. dan ortiq boʻlgan standart ballonlarni tashish va saqlash burab qoʻyiladigan qopqoqlar bilan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi tashkilotning boshqa hujjatlarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
384. Asbob-uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi taʼmirlashning qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
385. Asosiy asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash, oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar xodimlar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
386. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish muddati tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-taʼmirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
387. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda bajarilishi zarur boʻlgan ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagilarni koʻrsatish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarish usullari va uslublarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlarning turlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlangan asbob-uskuna va anjomlar va ularning qismlarini texnik talablarga javob berishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
388. Bajarilishi xavfsizlik choralari bilan bogʻliq va maxsus texnologik taʼmirlash jarayonlarini amalga oshirilishi koʻrsatmalari berilgan ishlar taʼmirlash hujjatlarida koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
389. Tashkilotlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
390. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
391. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
392. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval, taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
393. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
394. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
395. Suyuq yonilgʻini saqlash uchun sigʻimlarda va boshqa sigʻimlarda ishlaganda, sigʻimni ulardan boʻshatish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
396. Kompressorni qismlarga ajratish va ichini ochish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun uni boshqa barcha texnologik jihozlardan uzib qoʻyish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
397. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilganda, havoza va taxta toʻshamalar oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
398. Havoza va taglik oʻrnatishning imkoni boʻlmasa, xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari va arqonlarning mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
399. Balandlikda taʼmirlash ishlarini bajarganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha qirgʻogʻiga qoʻyish yoki yerga tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asbob-uskunalarni maxsus sumka yoki qutida saqlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400. Xodimlarning quduqlarning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishida ularni shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
401. Barcha taʼmirlash ishlari, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
402. Yoritish chiroqlarini taʼmirlash ishlarida faqat 12 V kuchlanishdagi koʻchma lampalar, portlashdan himoyalab yasalgan akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoritish maqsadida mashʼala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
403. Kapital taʼmirlashdan soʻng asbob-uskunani ishga tushirish, tashkilot bosh mexanigi (bosh energetik), mehnat muhofazasi xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan soʻng ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
404. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405. Barcha asbob-uskuna va apparaturalarni sozlash ulardan elektr toki uzib qoʻyilganda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
406. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
407. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
408. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 18-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 18-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 18-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 25-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 517-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)