Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASINING RAQAMLI TELEKANALLARI SONINI KENGAYTIRISh, ULARDAN TOʻLIQ FORMATDA FOYDALANISh, SIFATLI TOʻLDIRISh VA XIZMAT KOʻRSATISh TOʻGʻRISIDA” 2012 YIL 30 IYuLDAGI PQ-1794-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini kengaytirish, ulardan toʻliq formatda foydalanish, sifatli toʻldirish va xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida” 2012-yil 30-iyuldagi PQ-1794-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 1-son, 7-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi xodimlari uchun Yagona tarif setkasi tarmoq koeffitsiyentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 26-fevraldagi 41-son qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasiga binoan hisoblab chiqilgan lavozim maoshlariga:
“O'zbekiston” teleradiokanali”, “Sport” teleradiokanali”, “Toshkent” teleradiokanali”, “O'zbektelefilm”, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali”, “Dunyo boʻylab” telekanali” davlat unitar korxonalari, shuningdek “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlari uchun — 1,15 miqdorida;
ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlariga va professional talablarga muvofiq Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun — 1,1 miqdorida tarmoq koeffitsiyentlari joriy etilsin;
b) 2-banddagi “shtatdagi xodimlar sonini maqbullashtirish” soʻzlaridan keyin “va budjetdan tashqari mablagʻlar” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-oktabr,
301-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 1-son, 7-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 495-modda; 2014-y., 1-son, 7-modda)