Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI QABUL QILISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2010-yilning 15-dekabridagi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchilar Kengashining “Kvotalarni umumiy oʻn toʻrtinchi qayta koʻrib chiqish va Ijro etuvchi kengashni isloh qilish” haqidagi 66-2-sonli Rezolyutsiyasiga muvofiq Jamgʻarmaga aʼzo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan Ijro etuvchi kengashni isloh qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Bitimi moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida qaror qabul qilingan.
2. 2010-yilning 15-dekabrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchilar Kengashining 66-2-sonli rezolyutsiyasi bilan maʼqullangan Ijro etuvchi kengashni isloh qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Bitimi moddalariga kiritilgan tuzatishlar qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov Oʻzbekiston Respublikasi ushbu tuzatishlarni qabul qilgani toʻgʻrisida Xalqaro valyuta jamgʻarmasini xabardor qilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu tuzatishlar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-sentabr,
PQ–1824-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 449-modda)