OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2009 YIL 18 AVGUSTDAGI 233-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIGA FUNDAMENTAL, AMALIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSION IShLARNING ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI AMALGA OShIRIShDA QATNAShUVChI ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI ILMIY VA RAHBAR XODIMLARINING BAZAVIY LAVOZIM MAOShLARI MIQDORLARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2388]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 21-yanvardagi 1, 4-q/q, 7-sonli “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2423, 05.02.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF–4450-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 308-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda) bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2012-yil 1-avgustdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2011-yil 21-dekabrdagi 9, 80, 85-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2308, 2012-yil 4-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2012-y., 1-son, 10-modda) qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-avgust,
8-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-avgust,
48-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-avgust,
60-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2012-yil 21-avgustdagi 8, 48, 60-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
|
T/r |
Lavozimlarning nomi |
Bazaviy lavozim |
|
1. |
Institut direktori |
|
| professor |
1118449 | |
| fan doktori |
1073010 | |
| fan nomzodi |
1027819 | |
|
2. |
Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori |
|
| professor |
1027819 | |
| fan doktori |
991302 | |
| fan nomzodi |
946953 | |
|
3. |
Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri |
|
| fan doktori yoki professor |
991302 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi |
946953 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi |
910682 | |
|
4. |
Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari |
|
| fan doktori yoki professor |
946953 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi |
910682 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi |
874208 | |
|
5. |
Bosh ilmiy xodim | |
| professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori |
946953 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori |
910682 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori |
874208 | |
|
6. |
Yetakchi ilmiy xodim | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori |
910682 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori |
874208 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi |
831064 | |
|
7. |
Katta ilmiy xodim | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi |
831064 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi |
788412 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan |
746709 | |
|
8. |
Kichik ilmiy xodim | |
| fan nomzodi |
788412 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) |
746709 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) |
705353 | |
|
9. |
Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi |
622340 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 432-modda)