Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.08.2012 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAVOIY SPORT KOLLEJINI NAVOIY OLIMPIYA ZAXIRALARI KOLLEJIGA AYLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatida yuqori toifali sportchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, zarur sport koʻnikmalariga ega boʻlgan iqtidorli va istiqbolli oʻquvchilarni tanlab olish, yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy viloyatida yuqori toifali sportchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Navoiy sport kollejini 2012/2013 oʻquv yilidan boshlab Navoiy olimpiya zaxiralari kollejiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlarida sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 2012-yilning 30-avgustiga qadar oʻz tasarrufidagi Navoiy sport kollejining oʻquv binolari va sport inshootlari, shuningdek moddiy-texnik vositalari, oʻquv asbob-uskunalari hamda boshqa mol-mulkini belgilangan tartibda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi 2012/2013 oʻquv yili boshlanguniga qadar Navoiy olimpiya zaxiralari kollejida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun yuqori malakali trener-oʻqituvchilar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq sport anjomlari, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv va uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Navoiy viloyati hokimligi bilan birga yangi oʻquv yiliga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining umumtaʼlim boʻgʻinining 7-sinfga — 100 nafar oʻquvchini hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinining 1-kursiga — 100 nafar oʻquvchini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy sport kollejining “Sport” yoʻnalishlarida tahsil olgan oʻquvchilar tarkibidagi sportga qobiliyatli eng iqtidorli oʻquvchilar orasidan Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining 2- va 3-bosqichiga tanlov asosida 100 nafardan oʻquvchilarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligini taʼminlashni inobatga olgan holda Navoiy sport kollejining qolgan oʻquvchilarini oʻz xohishiga koʻra tahsil olayotgan taʼlim yoʻnalishlariga mos boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilda Navoiy olimpiya zaxiralari kollejini saqlash xarajatlari uchun qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarni 2012-yil uchun tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida maorif sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplasin hamda kelgusi yillardagi sarf-xarajatlarini mazkur sohaga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 33-34-son, 395-modda)