OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASI AERODROMLARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh AVIATSIYA QOIDALARINI (OʻZR AQ-157) TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUQNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 1-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1240-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2003-yil 14-apreldagi 50-son “Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (OʻzR AQ-157) aviatsiya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1240, 2003-yil 29-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-iyul,
3 n-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 370-modda)