09.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1834-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 09.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1834-1
Kuchga kirish sanasi
19.07.2012
Hujjat 19.07.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh VA BUXGALTERIYA IShLARINI TAShKIL QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1834-1 ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17/7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/7-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bank buxgalteriya apparati — pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan oʻtkazish hamda hisob registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan shugʻullanuvchi xodimlar guruhi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 17-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Minibanklar dastlabki nazoratni oʻtkazish uchun masʼul ijrochi buxgalter va joriy nazoratni oʻtkazish uchun nazoratchi buxgalter shtatlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 26-banddagi “hamda “Bank mijoz” tizimidan foydalanuvchilardan” degan soʻzlar “hamda Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlari mijozlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 30-banddagi “(“Bank mijoz” dasturi” degan soʻzlar “(Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 36-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 1009, 2001-yil 19-fevral, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 3-4-son)ga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarining (roʻyxat raqami 1111, 2002-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son) 196-bandiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 40, 88, 89 va 91— 96-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“46. Muddatida toʻlanmagan pul hisob-kitob hujjatlari (2-kartotekaga kirim qilingan toʻlov talabnomalari, toʻlov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari)ni qisman toʻlash maqsadida tuzilgan memorial orderlarda operatsiya mazmunini bildiradigan matn oʻrniga uning qisman toʻlanganlik tartib raqamlari — “1”, “2” va h.k. hamda pul hisob-kitob hujjatlarining tegishli raqami va sanasi koʻrsatilishi shart. Qisman toʻlangan pul hisob-kitob hujjatlarining orqa tomoniga toʻlangan summa va sana koʻrsatilib, imzo qoʻyiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 47-bandning birinchi xatboshisi ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 48-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kirim va chiqim kassa jurnallari blankalari kompyuter texnikasi yordamida shakllantirilib, uning rekvizitlari qoʻlda toʻldiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“55. Toʻlov topshiriqnomalari va naqd pulni qoʻyish uchun foydalaniladigan eʼlonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil boʻlishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida “kechki” muhri bilan qabul qilingan toʻlov hujjatlari bundan mustasno). Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar uchun qabul qilingan toʻlov topshiriqnomalari toʻlovchining hisobvaragʻida mablagʻlar yetarli boʻlmagan hollarda 2-sonli kartotekaga qabul qilinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar toʻldirilgan kundan boshlab, (toʻldirilgan kunni hisobga olgan va hujjatda koʻrsatilgan sana toʻgʻrilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pul cheklarini qabul qilishda masʼul ijrochi buxgalter naqd pul cheki bilan ish haqidan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy badallarni, Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad soligʻi hamda jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini oʻtkazish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan hollarda naqd pul cheklari banklar tomonidan ijroga qabul qilinmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi mazmundagi 571 va 572-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“571. Mijozning bankdan naqd pul olish uchun ishonchnoma berilgan vakili naqd pul chekini masʼul ijrochi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga boʻlinmagan banklarda) yoki Front-ofisning ushbu mijozga xizmat koʻrsatuvchi xodimiga taqdim etadi. Masʼul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi naqd pul chekini quyidagi rekvizitlari bilan uning toʻgʻriligini tekshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul cheki sanasi muddatining oʻtmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul chekining raqamini imzo namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchadagi raqam bilan mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning nomi, uning hisobvaragʻi raqami, naqd pul cheki bilan olinadigan mablagʻning raqam va soʻz bilan yozilgan summalari, naqd pul chekida qoʻyilgan imzo va muhrni bankdagi imzolar va muhr namunalariga mos kelishi, shuningdek vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi maʼlumotlarning naqd pul chekida qayd etilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning depozit hisobvaragʻidagi mablagʻlarining naqd pul chek bilan olinishi lozim boʻlgan mablagʻdan kam emasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
572. Front-ofisning ushbu mijozga xizmat koʻrsatuvchi xodimi yoki masʼul ijrochi buxgalter (Front-ofis va Bek-ofisga boʻlinmagan banklarda), mazkur Yoʻriqnomaning 571-bandida koʻrsatib oʻtilgan tekshirish amallarini bajarib, eʼtiroz boʻlmaganidan soʻng, naqd pul chekining orqa tomoniga tegishli kassa ramzi raqami va sanani koʻrsatgan holda imzolab, naqd pul chekini Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga boʻlinmagan banklarda) beradi. Naqd pul chekining nazorat markasini mijozga qaytaradi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonun hujjatlariga muvofiq alohida tartib bilan boshqa depozit hisobvaraqlardan amalga oshiriladigan toʻlovlar bundan mustasno.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mijozning asosiy hisobvaragʻida unga qoʻyilgan talablarni bajarish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan hollarda toʻlovlar Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) talablari asosida amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 87-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“87. Tijorat banklari oʻz operatsion xarajatlarini bank Kengashi bilan kelishilgan va bank Boshqaruvi tomonidan har yil uchun tasdiqlangan “Biznes reja” va “Hisob siyosati” asosida amalga oshiradilar.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 90-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“90. Bankning operatsion xarajatlari hisobi bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasidagi (roʻyxat raqami 773-17-son, 2004-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 369-modda) tegishli hisobvaraqlar taʼrifida belgilangan tartibda yuritiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 157-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bank-mijoz dasturiy majmuasi” degan soʻzlar “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 2-ilovadagi “birga “Bank-mijoz” dasturi” degan soʻzlar “birga Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. 6-ilovadagi “Bank-mijoz dasturiy majmuasi” degan soʻzlar “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 325-modda)